Go shopping

Assalomu alaykum! Bir do‘stim pul topish yo‘lini taklif qildi. Bu asosan onlayn biznes, bu programa Amerikaniki ekan unda siz mashhur kompaniyalar Amazon, Valmart kabi kompaniyalar narsalarini sotib olib ustiga ozgina qo‘yip sotar ekansiz. Masalan 20$ ga narsa olsangiz 20.03 ga sotasiz. Shu haqida malumot bersangiz ishlasa bo‘ladimi yoki bo‘lmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zida yo‘q narsani sotish va sotib olgan lekin hali qabz qilmagan (o‘zi yoki vakili tovarni sotuvchidan qabul qilib olmagan) narsani sotish joiz emas. Agar siz so‘rayotgan ilova dropshippingga asoslangan bo‘lsa uning hukmi quydagicha bo‘ladi:  
Siz taklif qilayotgan narsa huzuringizda yo‘q ekanligini va siz o‘rtakash ekanligingizni xaridorga ochiq-oydin ayting. Shunda siz yoki sotuvchi yoki oluvchi tomonidan vakil hisoblanasiz. Xizmat haqqingizni ham tayin qilib oling. Vallohu a’lam!

28 Май 2022, 18:55 | Савол-жавоблар | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar