Nomozni taqiqlash mumkinmi

Assalomu alaykum! O‘rtog‘imi ayoli 5 maxal nomoz o‘qiydi. Oila, farzand tashvishlari bilan bo‘libmi yoki boshqa o‘zini mumosi bilanmi uzoqroq 1 yoki 2 oygacha to‘xtalib qolar ekan. Bundan xabar topgan o‘rtog‘im o‘qisen to‘liq o‘qigin bo‘lmasam o‘qimagin deb taqiqlab qo‘yibdi. Man o‘zim bilganimcha bu xol yaxshi emasligini tushuntirishga xarakat qildim o‘rtog‘im o‘zini gapini makulab manga quloq solmadi. Sizdan iltimos shu masalada aniq tiniq misolari bilan javob bersangiz zora qilayotgan xatosini tushinib etsa o‘rtog‘im.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Namozni ora-orada tark qilib o‘qigandan ko‘ra umuman o‘qimagan yaxshi” degan tushuncha mutlaq botildir. O‘sha bir mahal namozni o‘qiganlar bir mahalni qoldirganning azobidan qutilib qolishadi. Odamlarning ichida ham shaytonlari bo‘ladi. O‘sha inson ko‘rinishidagi shaytonlar esa o‘sha bir vaqtni azobidan ham quruq qolishmasin deb ularni bir mahaldan ham mahrum qilishmoqchi bo‘lishadi. O‘sha kimsa oxiratda namozdan to‘sganlar to‘dasida bo‘lib, Allohning g‘azabiga uchrashdan qo‘rqsin. Vallohu a’lam!

31 Май 2022, 22:28 | Савол-жавоблар | 199 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar