Ayollar qabr ahliga kiyimsiz ko‘rinadimi?

Assalomu alaykum! Alloh rozi bo‘lsin, sizlardan! Ayol kishi qabristondagi yotgan marhumlarga kiyimsiz ko‘rinadimi va ularga ozor beradimi? Umuman ayollarni qabriston ziyoratiga borishidan bormagani ma’qulmi? Javob uchun rahmat, Alloh kuch-quvvat bersin!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh solallohu alayhi vasallam Oisha onamizning uylariga dafn qilinganlar. Oisha roziyallohu anho: “Rasululloh solallohu alayhi vasallam dafn qilingan vaqtda ziyoratga o‘ranmasdan kiraverar edim. Abu Bakr roziyallohu anhu dafn qilinganidan keyin ham shunday. Umar roziyallohu anhu dafn qilingach o‘ranib kiradigan bo‘ldim”, deganlar. Vallohu a’lam.

27 Апрел 2022, 13:41 | Савол-жавоблар | 177 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar