O‘n gazdan baland uy qurish
Assalomu alaykum! Men bir hadis o‘qib qolgandim, "Kim o‘n gaz o‘lchovdan baland uy qursa, Ey Allohning dushmani, qaerga borishni xoxlayabsan - deydi. Anas (r.a) Tabaroniy rivoyati. Shu hadis saxixmi, o‘n gazdan baland uy qurish mumkin emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sahih emas. Ushbu rivoyatning sanadida zaif roviylar bor. Shu va shu ma’nodagi boshqa rivoyatlar baland bino qurish butkul joiz emas degan ma’noni anglatmaydi. Balki baland bino isrof va faxr uchun bo‘lsagina qoralanadi. Imom Muslim o‘zlarining “Sahih”larida rivoyat qilgan hadisi sharifda bunday deyilgan:... قَالَ: فَأَخْبِرْنِي عَنْ أَمَارَاتِهَا قَالَ: أَنْ تَلِدَ الْأَمَةُ رَبَّتَهَا وَأَنْ تَرَى الْحُفَاةَ الْعُرَاةَ الْعَالَةَ رِعَاءَ الشَّاءِ يَتَطَاوَلُونَ فِي الْبُنْيَانِ ...(Jabroil alayhissalom): «Uning alomatlaridan xabar ber», dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Cho‘ri o‘z xojasini tug‘ishi, yalangoyoq, yalang‘och, kambag‘al cho‘ponlarning bino qurishda bir-birlaridan o‘zishga urinishlarini ko‘rmog‘ing», dedilar.
Ya’ni, kishilar oxiratni unutib, dunyoga shu qadar sho‘ng‘ib ketadilarki, har bir ishda, hatto bino qurishda ham riyoni, faxrni va kibrni iroda qiladilar. Ammo muhtojlarga maskan va kasb-kor qiladigan makon qilish maqsadida binoni baland qilishdan hech qanday mone’lik yo‘q. Vallohu a’lam!
2 Июн 2022, 21:06 | Савол-жавоблар | 207 | Hadislar