Tarbiya fani darsligidagi xadis

Assalomu alaykum! 10-sinf tarbiya fani darsligida bir xadis keltirilgan. Xadisning manbasi "Imom Buxoriy, nikox kitobi, 5162-xadis deya keltirilgan". Xadis kuyidagicha: "Xishom ibn Urva rivoyat kiladi:"Oisha roziyalloxu anxo bir kelinni bir ansoriy kuyov xuzuriga kuzatib kuydilar. Janob Rasulullox:"Ey Oisha, musika chalib, uyin-kulgi bilan kuzatib kuydingizlarmi? Ansorlar musika chalib, uyin-kulgi kilishni xush kuradilar" dedilar"" Savolim shundan iboratki, bu xadis kanchalik saxix? Men bu darajada uylanib kolishimga bir xolat (Rasulullox xayotlari xakidagi bir xodisa) sabab bulgan. Ya’ni Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam tuy tantanasini eshitib, bormokchi bulganlarida Allox u Zotni uykuga ketkizgan. Musika taralayotgan tarafga borishlarini Allox istamagan. Lekin yukoridagi xadisda Paygambarimiz alayxissalom musika chaldingizmi deb suradilar deyilmokda. Ya’ni Allox u Zot kilishini xoxlamagan ishni, kildinglarmi deya suradilar deyilgan. Shu xolat bu xadisning ishonchli yoki ishonchli emasligida shubxa uygotdi. Balki bu ikki vaziyatni men notugri talkin kilayotgandirman. Iltimos javob bersangiz. Savolni tushuntira oldim degan umiddan. Javob uchun oldindan raxmat. Allox rozi bulsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisi sharifni noto‘g‘ri tarjima qilishibdi. Unda musiqa yoki unga dalolat qiluvchi birorta so‘z yo‘q. Asl matn quyidagichadir:عن هشام بن عروة عن أبيه عَنْ عَائِشَةَ رضي الله عنها أَنَّهَا زَفَّتْ امْرَأَةً إِلَى رَجُلٍ مِنْ الْأَنْصَارِ فَقَالَ نَبِيُّ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : يَا عَائِشَةُ مَا كَانَ مَعَكُمْ لَهْوٌ فَإِنَّ الْأَنْصَارَ يُعْجِبُهُمْ اللَّهْوُHishom ibn Urva otasidan rivoyat qiladi:
“Oisha bir ayolni bir ansoriynikiga uzatib boribdi. Keyin Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam: “Ey Oisha, sizlarda nima o‘yin-kulgi bo‘ldi? Axir ansorlar o‘yin-kulgini yoqtirishadi”, debdilar.
Izoh: Bu erda shariat ruxsat bergan darajadagi o‘yin-kulgi nazarda tutilganini barcha bir ovozdan ta’kidlagan. (“Oltin silsila kitobida “Sahihul Buxoriy”). Vallohu a’lam!

22 Июн 2022, 16:22 | Савол-жавоблар | 167 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar