Qarzmi

Assalomu alaykum! Men Polsha davlatidaman. Bu erga kelishimda menga komaklashgan odam bor. U bilan kelishuvimiz shunday bo‘lgan. U Polsha davlatiga taklifnoma qilib beraman svarka ishiga men svarkani bilmayman boshqa ish bormi deb aytganman. U siz svarka ishi bo‘yicha kelavering bu yog‘da slesrlika ishingizni almashtiraveras degan va kelishuvimizda 200 $ aqsh dollori taklifnomaga oldindan berasiz va kelganizdan kegin ikki oy ishlab 400$ dollordan 800$ berasiz deb aytga va men oyliklar qancha deb so‘raganman u 1500 $ topasiz deb aytgan va keliboq ishga tushasiz deb aytgan. Men keldim svarka ishiga olib bordi biz imtixondan o‘tolmadik va men o‘zi aytganidek slesir ishiga joylashini aytim u joylay olmadi 15 kun ish yo‘q dam olib yotdik va firma bizni stroyka ishiga joyladi lekin kelishilgan ishga xam joylanmadim va oylik xam u aytgandek olmadim yani oyligim 900$ chiqdi va u mendan pul so‘ray boshladi kelishuv qiganmizu deb men bu pulni berishga majburmanmi qarizmanmi va men xolatni tushuntirib bu pulni 3 oyda bo‘lib berishni so‘radim u esa rozi emas meni topgan pulim xalolmi va men qarzmanmi lekin men vadamni ustidan chiqib pul bermoqchiman garchi u vada qilgan narsa yo‘q bo‘lsa xam agar pulni bermasam bu mening bo‘ynimda qarz bo‘b qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘rtadagi kelishuv qanday bo‘lganini aniqlashtirish lozim. Agar ham taklifnoma qilib berish, ham ish topib berishga kelishuv qilgan bo‘lsangiz, bajarib bergan hizmatiga yarasha pul berasiz. Bajarmagan ishi uchun bermaysiz. Agar ish topib berishi faqat va’da bo‘lib, kelishuv faqat taklifnoma uchun tuzilgan bo‘lsa barchasini berasiz. Vallohu a’lam!

22 Июн 2022, 16:32 | Савол-жавоблар | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar