Kredit va nasiyani farqi nimada?

Assalomu alaykum! Men bugun ijtimoiy tarmoqda mashinani nasiya savdoga berarkan bank aralashmagan va penya tug‘maydi muddati o‘tib ketsa mashinaning tannarxini 4dan yoki 3dan birini to‘larkan boshida va 1, 1yarim uzog‘i 2yilgacha bo‘lib to‘lashga berarkan albatta ustiga narx qo‘shib bu albatta shariatda halol savdo lekin menda savol tug‘ildi bir insonda 150mln so‘m pul bor va u bankdan kredit oldi 100mln so‘mlik mashinani va 30mln boshlang‘ich to‘lovni qilib 3yilga foiz, penyasi bilan umumiy 150mln so‘m bo‘lar ekan, endi yana huddi shundek bir inson unda ham 150mln so‘m pul bor va u nasiya savdodan mashina olmoqchi va u ham 100mln so‘mlik mashinani boshlang‘ich to‘lovi 30mln so‘m va penya tug‘maydigan bank aralashmagan savdo qilib 2yilga umumiy 150mln so‘mga kelishildi. Endi mening savolim quyidagicha ikkala holatda ham xaridorning 150mln so‘mi ketdi, lekin bitta savdo ribo, bitta savdo halol nimaga nasiya savdo halol shu savol umuman meni tinch qo‘ymaydi baribir 2la holatda ham haridordan 1xil summa ketadiku axir iltimos shuni tushuntirib beringizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ribaviy qarz (kredit) va nasiya savdo (murobaha yoki musovama) o‘rtasidagi farq quyidagicha:
1). Murobaha bu tovarni pulga sotishdir. Kredit esa pulni ko‘paytirib qaytarish sharti bilan qarzga berishdir. Ziyodalik shart qilingan har qanday qarz ribodir.
2). Murobaha savdosida sotuvchi tovarni sotib oladi, qabz qiladi va tovar uning javobgarligiga o‘tadi. Shundan so‘ng uni xaridorga nasiyaga sotadi. Bu jarayonda u o‘zi sotib olgan tovarni xaridorga sotish va topshirishdan avval uning mas’uliyati va xatarini o‘z zimmasiga oladi. Ribaviy qarz beruvchi esa xaridor o‘ziga kerakli o‘sha tovarni sotib olishi uchun qarz beradi xolos. Uni o‘ziga sotib olmaydi ham, qabz qilmaydi ham, uning mas’uliyatini zimmasiga olmaydi ham.
3). Murobaha savdosida mahsulotning narxi kelishuvdan so‘ng o‘zgarmaydi. Ribaviy qarzda esa to‘lov kechikkan paytda oshib boradi. Vallohu a’lam!

29 Июн 2022, 13:36 | Савол-жавоблар | 171 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar