Bog‘ uchun suv
Assalomu alaykum! Bir bog‘imiz bor u erga avvallari ariqdan suv kelardi juda kamdan kam, suv ochib kelish uchun 2-3 kmlab piyoda borib ochib kelardim. Odamlar yana yopib qoyaverardi doim tekshirib qiynalib bog‘imizni sug‘orardim oxiri bo‘g qo‘shnim suv bermay qo‘ydi. Bilsam dadam bilan tortishibdi yoshi keksa chol o‘sha qo‘shnimiz. Dadam mayli qo‘yaver deb, drinajdan ya’ni o‘shandan aholining artizanlariga suv boradigandan artizan tortibdi bog‘ni sug‘orish uchun. Hech kimga aytma bo‘lmasa muammo qilishadi, aholining ichimlik suvidan bog‘ sug‘organi artizan chiqarib olibdi deb deyishdi. Endi bu suv bizga halol bo‘ladimi? Bog‘imozdagi mevalarichi? Undan olgan daromadimizchi? O‘zi hech qancha daromad olmadik shu kungacha balki shunga barakasi bo‘lmay turgandir deb xarom bo‘lsa kerak deb oydinlik kiritish uchun so‘ray degandim. Iltimos agar shular xarom bo‘lsa dadamga qanday tushuntirishga yordam beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “drinajdan ya’ni o‘shandan aholining artizanlariga suv boradigandan artizan tortibdi bog‘ni sug‘orish uchun” ushbu so‘zingizdan aynan qanday suv nazarda tutilayotgani mavhum bo‘lib qolibdi.Suvlar to‘rt xil bo‘ladi: 1). Idishga solib qo‘yilgan suv. Bunday suv uni qo‘lga kiritgan shaxsning mulkidir. Uning iznisiz ushbu suvdan hech qanday maqsadda foydalanish joiz emas.
2). Buloq, quduq va hovuz suvi. Bu suvlarni insonlar o‘zlari uchun mehnat qilib chiqargan bo‘ladilar. Uni chiqargan kishida undan foydalanish uchun xos haq bo‘ladi. Bunday suvni chiqargan odamdan boshqa hech kim o‘z erini sug‘orish uchun foydalana olmaydi. Boshqa insonlar bu suvdan faqatgina o‘zlari va hayvonlari ichishi uchun foydalanishlari mumkin xolos.
3). Xos daryolar suvi. Bu ham insonlar o‘zlari qazigan kichik ariq va daryolar suvi bo‘lib ularning hukmi buloq, quduq va hovuz suvlarining hukmi kabidir.
4). Ommaviy daryolar suvi. Bu katta daryolarning suvi bo‘lib, ular biror kishining mulki emas va har kim undan ichish uchun ham erlarini sug‘orish uchun ham foydalanishi joiz. Vallohu a’lam!
4 Июл 2022, 15:49 | Савол-жавоблар | 180 | Halol va harom