Juma kungi peshin namozi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, “biz Rossiyada ishlaymiz. Juma kuni juma o‘qishga ruxsat yo‘qligi tufayli hamma peshin namozini o‘zi o‘qiyapti. Ya’ni juma kungi peshin namozini farzini jamoat bo‘lib emas har kim o‘zi o‘qiyapti. Shu to‘g‘rimi” degan savolga “To‘g‘ri” deb javob berilgan ekan. Men uni bir kishiga aytgan edim “qanaqasiga sen o‘zing men o‘zim farzni aloxida o‘qiymiz” deb ixtilof kilyapti. Iltimos shuni tushuntirib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! وَكُرِهَ فِي الْمِصْرِ ظُهْرُ الْمَعْذُورِ وَغَيْرِهِ بِجَمَاعَةٍ، وَظُهْرُ غَيْرِ الْمَعْذُورِ قَبْلَ الْجُمُعَةِ Uzrli shaxsning va boshqalarning misr(shahar)da peshinni jamoat bo‘lib o‘qishlari makruhdir. Bu hukm makruhi tanzihiy – uncha og‘ir bo‘lmagan makruhdir. Chunki ular juma o‘qishlari lozim edi. Ular juma namoziga bormay, jamoatning ozayishiga sabab bo‘ldilar. Aybni qilib qo‘yib, yana o‘zlari jamoat bo‘lishlari durust emas. Shuningdek, uzrli bo‘lmaganlarning jumadan oldingi peshinlari ham makruhdir. Bu hukm makruhi tahrimiy – harom o‘rniga o‘tadigan makruhdir. Chunki ular peshinning farzidan ko‘ra kuchli bo‘lgan jumaning farzini uzrsiz tark qildilar. Modomiki hali juma o‘qilmagan ekan, unga borib qo‘shilish payidan bo‘lishlari kerak edi. Ammo mazkur ishni qilish o‘rniga jamoat bo‘lib peshin o‘qishlari jumaga borish niyatlari yo‘qligini ko‘rsatadi. Bu esa umuman mumkin emas. Jumani o‘qib bo‘linganda unga borib qo‘shilishning imkoni qolmagan bo‘ladi. Agar peshinni o‘qigan odam jumaga harakat qilganda imom jumada turgan bo‘lsa, peshini botil bo‘ladi. Birov jumadan oldin peshinni o‘qib oldi. Keyin jumaga borishga harakat qilib qoldi. Agar u harakatni boshlaganda imom jumaning amallarini bajarib turgan bo‘lsa, haligi odamning o‘qigan peshini botil bo‘ladi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 20:58 | Савол-жавоблар | 159 | Ibodatlar