Ganoda ishlash
Assalomu alaykum! Alloh ilmlarimizni ziyoda qilsin. Meni yaqinda «Gano Excel» korporatsiyasiga ishga taklif qilishdi. U erda ishlash tizimi “tarmoqli marketing” asosida ekan. Ya’ni, ishga kirishim uchun avval kamida 1 xafta davomida o‘quv kurslariga qatnashim kerak. So‘ngra 4 yo‘nalishdan birini tanlab, ulardan birini xarid qilaman va menga qaysi yo‘nalish paketini xarid qilganimga qarab mahsulot beriladi. Undan so‘ng, men maxsulotdan natija olib uni yaqin insonlarimga tavsiya qilaman va ular ham o‘quv kuslariga qatnab, 4 yo‘nalishdan birini tanlab, paket ya’ni maxsulot sotib olishlari kerak. U erdagi mutaxasislarga bu ishda mehnatsiz daromad topib qolish bo‘lmaydimi desam, ular yo‘q, siz ularga ma’lumot berganingiz, tavsiya qilganingiz, ishlash tizimini o‘rgatganingiz uchun sizga daromad beriladi, deyishdi. Ammo odam qancha ko‘p qo‘shilsa, mening ham daromadim, ko‘payib boraverar ekan. Bu tizim moliyaviy piramida emas, deb aytishdi. Ko‘plab odamlar tarmoqli marketing va moliyaviy piramida tizimlarini ajrata olmaydi, deyshdi. Bundan tashqari, siz insonlarni sog‘ligini tiklash uchun, ularga sog‘lik ulashish uchun faoliyat ko‘rsatasizku savobku, deyshdi. Ammo tarmoqli marketing xam shariyatimizda joiz emasligini bilganim uchun, ushbu ishda faoliyat yuritishim joizmikin deb o‘ylanib turibman. Ta’kidlashim joizki, ushbu korporatsiya Oriflame, Xerbalayfe va Faberlik kabi faoliyat ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari maxsulotlar Malayziya davlatida ishlab chiqariladi va halol sertifikatiga ega ekan. Ishlashim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tarmoqli marketingda ishlashingiz shar’an joiz emas. Mahsulotning halolligi ishlashga kifoya qilmay, ishlash tizimiga ham qaraladi. Ularning ish yuritish tizimi nohaqlik ustiga qurilgan. Ularda odamlarni molini botil yo‘l bilan eyishlik bor. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَأْكُلُواْ أَمْوَالَكُم بَيْنَكُم بِالْبَاطِلِ وَتُدْلُواْ بِهَا إِلَى الْحُكَّامِ لِتَأْكُلُواْ فَرِيقًا مِّنْ أَمْوَالِ النَّاسِ بِالإِثْمِ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ 188. Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan emang. Bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh ila eyishingiz uchun uni hokimlarga tashlamang. Quyidagi linkda berilgan ma’lumotni o‘qisangiz, o‘zingiz "joiz emas"ligini bilib turgan tarmoqli marketingdagi 10ta yolg‘on haqida ma’lumot olasiz. https://info.islom.uz/iqtisod/item/23-tarmoqli-marketingdagi-10-khil-jolgon.html Bizning vazifamiz shariatning hukmini bayon qilish. Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 21:03 | Савол-жавоблар | 153 | Halol va harom