Jin surasi xakida
Xurmatli kori aka sizdan iltimos,bir savolimga javob bersangiz,Jin surasini,kup ukirdim,kancha kup ukisam uzimni ancha engil xiskilaman,manga aetshganki,kim jinsurasini xato ukisa kasal bulib koladi jinlarni bezovda kilib deishgan,bugani ikki ayol va bir erkak,erkak kishi mukammal kori ,xatimga utadilar,man suraganimda jinsurasini notogri ukisa jin tegib kasal bulib koladi ,kegin ukishiga 25 marotaba jin surasini ukib dam solishkerak degandilar,shu gap kanchalar rost,Man jin surasini okiganda juda sekin ukiman xato kilib kuymay deb,shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz iltimos kori akayu.Javobingiz uchun oldindan raxmat,kilayotgan ishlaringizni ollox uzi mukofatlasin OMIN!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom.Alloh taolo Qur’onni insoniyat uchun hidoyat va rahmat etib nozil qilgan. Qur’oni Karimning har bir surasi, har bir oyati, har bir kalimasi, hamma hammasi shifodir, rahmatdir, nurdir, hidoyatdir, inson zoti uchun cheksiz manfaatdir. Uni o‘qigan kishi faqat foyda topadi, yaxshilik topadi. Qur’onning biror surasida, xususan, "Jin" surasida o‘zgacha bir g‘ayritabiiy narsa, ma’lum bir shumlanadigan holat yo‘q. Shu bilan birga, nafaqat Jin surasini, balki Qur’onning barcha surasini qasddan xato o‘qish gunoh hisoblanadi. Bu ma’noda biror surani boshqasidan farqlash mumkin emas. Qur’onni sekin yo tez o‘qish har kimning malakasiga bog‘liq. Muhimi, Qur’onni tajvid qoidalariga rioya qilgan holda o‘qish lozim.Sizga maslahatim, bunga o‘xshash masalalrda Qur’on va hadisga asoslanmagan gaplarga e’tibor bermang. Shu bilan birga, savol berganda jumlalarni tushunarliroq yozishga harakat qilsangiz, ko‘pchilikka oson bo‘ladi. Vallohu a’lam.
21 Апрел 2022, 06:45 | Савол-жавоблар | 177 | Qur’oni karim