Allohning ismlarini eshitganda javob qaytarish
Assalamu alaykum! Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning ismlarini eshitganda bir majlisda bir marta salovat aytish kifoya qiladimi? Bu salovat aytish qaysi amalga kiradi? Odatda Alloh taolaning ismlarini eshitganda birov bir narsa deganini eshitmayman. Shunga Alloh taoloning ismlarini eshitganda tasbehmi yoki shunga o‘xshash narsalarni aytish kerakmi? Aytilishi kerak bo‘lsa bu qaysi amalga kiradi? Savoldagi xato va kamchiliklar uchun uzr so‘rayman. Javobingiz uchun kattadan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo "Ahzob" surasi 56-oyatida : Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Unga salovot ayting va salom yo‘llang.
Ushbu oyati karima Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning qadr-qimmatlari Alloh taoloning huzurida qanchalar ulug‘ ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Boshqa birov emas, Alloh taoloning O‘zi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishi ta’kidlanmoqda. Arab tilida «salovot» so‘zi «salot»ning jami bo‘lib, «duo» ma’nosini anglatadi. Arab tilida namoz ham «salot» deyiladi. Chunki namozda ham duo ma’nosi bor. Ammo «salot» Alloh taolo tomonidan bo‘lganida «duo» ma’nosini yo‘qotadi. Alloh taoloning Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishining ma’nosi u zot sollallohu alayhi vasallamga O‘z rahmatini yuborishi, ulug‘lashi, maqomlarini ko‘tarishi va farishtalar huzurida sha’nlariga maqtovlar aytishini anglatadi.
Farishtalarning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishlari u zoti bobarakot haqlariga duo qilishlari, istig‘for aytishlari ma’nosida bo‘ladi.
Mo‘min-musulmonlarning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishlari esa ular tomonidan bo‘lgan duo va ulug‘lash ma’nosidadir.
Demak, Alloh taolo doimo Nabiy sollallohu alayhi vasallamga O‘z rahmatini yuborib, u zot sollallohu alayhi vasallamdan rozi ekanini bildirib, u zot sollallohu alayhi vasallamga maqtovlar aytib turar ekan.
Farishtalar ham u zot sollallohu alayhi vasallamga Allohdan rahmat, salomatlik, rozilik so‘rab, duo qilib turishar ekan.
Oyati karimada ta’kidli xabardan keyin mo‘minlarga:
«Ey iymon keltirganlar! Unga salovot ayting va salom yo‘llang», – deb amr qilinmoqda.
Bu amrga binoan, har bir mo‘min uchun Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish va salom yuborish farz bo‘lib qoladi. Bu xususdagi bahslarda ulamolarimiz «Umrda bir marta yoki har bir majlisda bir marta yoki u zot sollallohu alayhi vasallamning ismlari har zikr qilinganida bir marta salovot aytish kerak», – deganlar.
Amalda esa oxirgisi – ya’ni har ismlari zikr qilinganida salovot aytish urf bo‘lgan. Alloh taolo Qur’oni Karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishni amr qilgan ekan, bu salovot qanday qilib aytiladi, degan savol paydo bo‘lishi tabiiy. Jumladan, ushbu oyat nozil bo‘lganidan keyinoq xuddi shu savol sahobai kiromlarda paydo bo‘lgan.
Imom Buxoriy va imom Muslim Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda aytiladiki:
«Bir odam: «Ey Allohning Rasuli, sizga salom berishni-ku, bilamiz, ammo salovot aytish qanday bo‘ladi?» – dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma solli ’alaa Muhammadiv va ’alaa aali Muhammad. Kama sollayta ’alaa Ibrohiyma va ala aali Ibrohiym. Innaka hamiydum-majiyd. Allohumma barik ’ala Muhammadiv va ’alaa aali Muhammad. Kama barokta ’alaa Ibrohiyma va ’alaa aali Ibrohiym. Innaka hamiydum majiyd», – deb ayt», – dedilar.
Duoning ma’nosi: «Allohim, Muhammad alayhissalomga O‘zingning ziyoda rahmatlaringni nozil qilgin. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oila a’zolariga ham. Xuddi Ibrohimga va Ibrohimning ahli baytlariga o‘z rahmatingni nozil qilganingdek. Muhammadga va Muhammadning ahli baytlariga o‘z barakangni nozil qil. Xuddi Ibrohim va Ibrohimning ahli baytlariga o‘z barakangni nozil qilganingdek. Albatta, Sening O‘zing maqtalgan, ulug‘langan Zotsan»
Boshqa hadislarda ham bir oz farqli siyg‘alar kelgan. Shundan ko‘rinib turibdiki, bir xil so‘zlar bilan salovot aytish shart emas. Turli so‘zlar, turli iboralar bilan aytsa ham bo‘laveradi. Eng muhimi, albatta aytish kerak.
Ba’zi kishilarda, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga Alloh taoloning O‘zi salovot aytib tursa, Uning farishtalari salovot aytib tursa, mo‘minlarning salovotiga nima hojat bor, degan savol paydo bo‘lishi mumkin.
Bu savolga javob shulki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning mo‘minlarning salovotiga ehtiyojlari yo‘q. Balki mo‘minlar u zotga salovot aytishga muhtojdirlar. Ular ushbu salovotlari ila Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ulug‘lab, savob oladilar. Duolari qabul bo‘ladi. Murodlariga etadilar.
Imom Ahmad ibn Hanbal va imom ibn Moja rivoyat qilgan hadisda Omir ibn Robi’aning otalari quyidagilarni aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning «Kim menga salovot aytsa, farishtalar unga ham menga aytgan salovotining barobarida salovot aytib turadilar. Banda salovotni xohlasa, oz aytsin, xohlasa, ko‘p», deganlarini eshitdim».
Boshqa bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga bir marta salovot aytsa, Alloh unga o‘n marta salovot aytadi», – deganlar.
Qur’on tilovati va Allohning zikridan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish eng savobli ishlardan hisoblanadi. Chunki bu narsa Alloh taoloning amridir. Shuning uchun ham namozning tashahhudida Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytiladi. Imom Shofe’iy: «Tashahhudda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytilmasa, namoz namoz bo‘lmaydi», – deganlar.
Imom Nasaiy va imom Ahmad ibn Hanballar rivoyat qilgan hadisda Abu Tolha roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar:
«Bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yuzlaridan quvonch balqigan holda keldilar. Biz:
– Yuzingizda quvonch ko‘rmoqdamiz?! – dedik. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:
– Chunki huzurimga farishta kelib, «Ey Muhammad, albatta, Robbing ayturki: «Kim senga salovot aytsa, albatta, Men unga o‘n marta salovot aytishim, kim senga salom aytsa, Men unga o‘n marta salom aytishim seni rozi qilmaydimi?» – dedi», – deb xabar berdilar».
Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qiyomat kuni menga eng yaqin kishilar, albatta, menga ko‘p salovot aytganlardir», – deganlar.
Ushbu ma’nodagi hadisi shariflar juda ham ko‘pdir. Musulmonlar ushbu oyatga va hadislarga asrlar davomida chin ixlos bilan amal qilib kelmoqdalar. Namozlarida o‘z Payg‘ambarlari sollallohu alayhi vasallamga salovot aytmoqdalar. U zoti bobarakotning nomi shariflari zikr etilishi bilan salovot aytishga shoshiladilar. Ahli solih kishilarning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishdan iborat kundalik vazifalari ham bor.
Aksincha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ismlari zikr qilinganida, u zotga salovot aytilmasa, bu musulmonlarning nadomatga yo‘liqishlariga sabab bo‘ladi.
Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari Imom Termiziy va imom Nasaiylar rivoyat qilgan hadisda:
«Kimning huzurida men zikr qilinsam-u, u menga salovot aytmasa, o‘sha odam baxildir», – deganlar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning muborak nomlari zikr etilganida, u zot alayhissolatu vassalomga salovot aytmaslik shunchalik yomon bo‘lsa, u kishiga ozor berish qanchalik bo‘larkin?!(“Tafsiri Hilol”).
Alloh taoloning ismi zikr qilinganida ba’zilar “Jalla jalaluhu” deyishadi. Lekin bu borada biror hadis kelganini bilmadik. Vallohu a’lam.
21 Апрел 2022, 06:58 | Савол-жавоблар | 190 | Boshqa ibodatlar