Robbimga tavakkal qildim

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
 Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Kim tongda va kech kirganida:رَبِّيَ اللهُ تَوَكَّلْتُ عَلَيْهِ لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ العَرْشِ العَظِيمِ، لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ العَلِيُّ العَظِيمُ، مَا شَاءَ اللهُ كَانَ وَمَا لَمْ يَشَأْ لَمْ يَكُنْ، أَعْلَمُ أَنَّ اللهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ وَأَنَّ اللهَ أَحَاطَ بِكُلِّ شَيْءٍ عِلْمًا«Robbiyalloh, tavakkaltu ʼalayhi laa ilaha illa huv, ʼalayhi tavakkaltu va huva robbul ʼarshil ʼaziym, laa ilaha illallohul ʼaliyyul ʼaziym. Maa sha‘allohu kaana va maa lam yasha‘ lam yakun. Aʼlamu annalloha ʼala kulli shay‘in qodiyr. Va annalloha qod ahato bikulli shay‘in ʼilma», deb aytsa, so‘ng vafot etsa, jannatga kiradi», dedilar.Maʼnosi: Rabbim Allohdir. Unga tavakkal qildim. Undan boshqa iloh yo‘q. Unga tavakkal qildim. U ulug‘ arshning Rabbidir. Ulug‘ va oliy Allohdan boshqa iloh yo‘q. U xohlagan narsa bo‘ladi. U xohlamagan narsa bo‘lmaydi. Alloh hamma narsaga qodir ekanini bilaman. Albatta, Alloh hamma narsani ilmi bilan ihota qilgan zotdir.Ibn Sunniy rivoyatlari.Imom Navaviyning “Al-Azkor” kitobidanTarjimon Anvar Ahmad



27 Iyul 2022, 08:13 | Duolar | 78
|
Boshqa savol-javoblar