Masjidga ketayotganda o'qiladigan duo
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U zot xolalari Maymuna roziyallohu anhuning uylarida tunab qolganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi ishlariga guvoh bo'lganini aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam muazzinning bomdodga aytgan azonini eshitdilar, so'ng namozga ketaturib, quyidagi duoni o'qidilar:
اللهُمَّ اجْعِلْ فِي قَلْبِي نُورًا وَفِي لِسَانِي نُورًا وَاجْعَلْ فِي سَمْعِي نُورًا وَاجْعَلْ فِي بَصَرِي نُورًا وَاجْعَلْ مِنْ خَلْفِي نُورًا وَمِنْ أَمَامِي نُورًا وَاجْعَلْ مِنْ فَوقِي نُورًا وَمِنْ تَحْتِي نُورًا، اللهُمَّ اعْطِنِي نُورًا
«Allohummaj'al fiy qolbiy nuron va fiy lisaniy nuron vaj'al fiy sam'iy nuron vaj'al fiy basoriy nuron vaj'al min xolfiy nuron va min amamiy nuron vaj'al min favqiy nuron va min tahtiy nuron, Allohumma'tiniy nuro».
(Ma'nosi: Ey Rabbim, qalbimda nur qil, tilimda nur qil, qulog'imda nur qil, ko'zimda nur qil, orqamdan nur qil, oldimdan nur qil, ustimdan nur qil, ostimdan nur qil, ey Rabbim, menga nur ato et). Imom Muslim rivoyatlari.
17 Fevral 2023, 01:42 | Duolar | 33