Ota-onani puli
Assalomu alaykum! Man talabaman. Xar kuni metroda o‘qishga boraman. Bir xilgi payt darsimiz kech tugaydi va o‘rtog‘larim bilan metroga borsak doeyim odam ko‘p bo‘ladi. Mani kartam bor, telefondan pul tushurib to‘lay olaman, lekin o‘rtoqlarimda yo‘q, ular xar kuni olishlari kerak bo‘ladi. Kech bo‘lib qolgani tufayli ularga xam kartamdan to‘lab yuboraman, lekin ularni xammasi xam qarzini qaytarmaydi. Man xamma narsaga roziman lekin manam pulni ota-onamdan olib tushuraman. Shu ishim to‘g‘rimi? Ota-onamni aldagan yoki ulardar qarz olgan bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar qarz deb to‘layotgan bo‘lsangiz ularga aytib qo‘ying. Ular hadya deb o‘ylayotgan bo‘lishi mumkin. Hamasini qarz sifatida to‘lagan bo‘lsangiz necha marta to‘lagan bo‘lsangiz o‘shalarni hammasini berishlari kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:39 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat