Pullik kurs, dastur va kitoblar
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda internetda dasturlar, kitoblar, va biror narsani o‘rgatish uchun mo‘ljallangan videokurslar juda ko‘p. Ularning orasida pullik kitob, dastur va videokurslar ham bor. Ba’zida o‘sha pullik kitob, dastur, videokurslarni muallifning ruxsatisiz tarqatish holatlari ham uchrab turibdi. Ba’zilar esa hatto o‘zi sotib olib, keyin o‘sha narsalarni arzonroq narxda qaytadan sotishyapti. Bu to‘g‘ri ish emas albatta. Savolim: o‘sha pullik narsalarni bepulga tarqatayotganlarni biz tanisak va o‘sha pullik narsalarni ishlab chiqgan muallifi bizdan bepul tarqatayotganni tanirkansiz. O‘shani kimligini bizga ayting desa, biz o‘sha muallifining ruxsatisiz bepul tarqatayotgan va sotayotgan odam kimligini aytsak bo‘ladimi? O‘sha odamni kimligini aytishimiz noto‘g‘ri bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kitoblar, programmalar bir marta sotib olinganidan keyin undan bitta ishni qilish joiz emas. u ham bo‘lsa ko‘paytirib tijorat qilish. Undan boshqa esa sotib olgan odam nusxasini ko‘paytirib tekinga tarqatishi, hadya qilishi, o‘ziga bir nechta nusxaga ko‘paytirib olishi shar’an joiz. (Fiqhul buyu’ kitobidan Muhammad Taqiy Usmoniy). Vallohu a’lam!
3 May 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar