Internet magazin

Assalomu alaykum! Telegramda dallollar orqali aliexpress singari internet magazinlardan buyum xarid qilib turaman. Shartnoma qilinganda etkazish muxlati ko‘rsatilib kechiksa pulingizni qaytarishi ko‘rsatiladi va shunday bo‘ldi xam. Buyum aytilgan muddattan o‘n kun kechikib keldi. Dallol pul xam buyum xam sizniki deydi. Men pulni qaytarish tarafdoriman. Lekin dallolga emas egasiga etishiga shubxa qilyabman. Qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kimni sharti ekanligini aniqlang. Agar mol egasi shunday shart qo‘ygan bo‘lsa qaytarishingizga hojat yo‘q. Dallol shart qo‘ygan bo‘lsa molni pulini qaytarishingiz kerak. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar