Qo‘y so‘yib berish
Assalomu alaykum! Bizlar tarafda sichqon, kalamush, ilon, chayon, kaltakesak va katta katta qurtlar ko‘p. Ba’zida qurtlar namoz o‘qigunimcha joynamozni ustiga yuradi ba’zan to‘g‘rimdan o‘tib ketadi. Kecha peshin namozini o‘qigunimcha uydan shitirlagan ovozlar keldi. Bu 4 rakat sunnat va 3 rakat farzni o‘qigunimcha davom edi. Keyin birdan qandaydir sharpa o‘tgandek bo‘ldi. Endi inson baribir xavfsiraydiki zaharli hayvon emasmi deb. Shunga ko‘zim bilan o‘sha tarafga qaradim (u ham qibla tarafda edi). Shunday vaziyatlarda namoz buziladimi? 2). Onam “o‘g‘lim o‘qishga kirsa Allohga atab bitta qo‘y so‘yib beramiz” degandilar. Alhamdulillah o‘qishga kirdim. Lekin hozir qo‘limiz kaltalik qilyapti. Buni qachon qurbimiz etsa o‘sha vaqti so‘yib bersak ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Buzilmaydi. 2). Qodir bo‘lganingizda so‘yaverasizlar, lekin o‘zingiz onangiz eyolmaysizlar. Faqir-miskinlarga sadaqa qilishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:52 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar