Dinimiz xakida
Assalomu alaykum! Allox xammamizdan rozi bulsin. Savolim, dinda judayam chukurlashmanglar deyilgan. Bu kaysi ma’noda? Javob uchun raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda “Marotibul ahkom” degan istiloh bor. Uning ma’nosi shuki, inson Alloh taolo tarafdan belgilagan ibodatlarni chegarasini bilishi, o‘shanga qarab ish tutishi shart. O‘shalardan biri fuqaholarimiz farz, vojib, sunnat, mustahab va muboh deb tayin qilgan darajalardir. Ularning ichida ham biror amalni farz deb aytilsada farzligini ham darajalari bor. Bir qismi ta’kidliroq farz, boshqasi undan pastroq daraja, yani bir juzi undanda pastroq darajada. Masalan: 5 vaqt namoz farz, juma ham farz. Lekin jumaning farzligi 5 vaqt namozdan ta’kidliroqdir. Shuningdek harom va makruh ishlar orasida ham martabalar bor. Bunga dalil, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “G‘iybat zinodan qattiq gunohdir” deganlaridir. Zino va g‘iybat ikkisi harom amal bo‘lsada, g‘iybatning haromligi zinodan qattiqroqdir. Shuningdek erkaklarning kindik ostidan tizzasining ostigacha bo‘lgan joy g‘aliza avrat hisoblanadi. Ochilib qolishi harom sanaladi. Shunday bo‘lsada jinsiy a’zolarning avratligi qattiqroq, sonning avratligi ularga nisbatan kamroq darajada, tizzaning avratligi esa sonning avratligi darajasidan pastroqdir. Garchi hammasini berkitish farz bo‘lsa ham. Farz, vojib, sunnat, mustahab va muboh kabi amallarning o‘zlarining ichidagi martabalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taraflaridan belgilangan. U zot ularning martabasini ochiq-oydin aytmasalarda amallari bilan shunga ishora qilganlar. Bundan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning maqsadlari ummatni qiyinchilikka qo‘ymasligidir. Ikkinchi tarafdan esa bu borada insonlar o‘ta beparvo bo‘lib ketmasligidir. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir ishdan qaytarib, gohida o‘sha ishga o‘zlari qo‘l urganlar ham. Bu bilan ummat ijtihod qilishi uchun eshik ochiladi va natijada ummatga engillik paydo bo‘ladi. Har bir faqih “Marotibul ahkom”ni e’tiborga olishi juda ham zarurdir. Masalan do‘ppi yoki salla kiyish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odatiy sunnatlari bo‘lib, ibodatiy sunnatlari emas. Shuning uchun do‘ppi va salla kiyishga targ‘ib qilinadi, lekin kiymagan odamni mazammat yoki malomat qilinmaydi. Bir inson goh-gohida namozlarini qoldirib ro‘zani to‘liq tutadigan bo‘lsa, u namozni ham ro‘zani ham butkul tutmaydigan odamga nisbatan fazilatli hisoblanib, unga ro‘za va namozni butkul tark qiladiganga qilinadigan malomat va mazammatni qilinmaydi. Chunki buning gunohi butkul tark qiluvchining gunohidan engilroq bo‘ladi. Harom makruh va munkar borasida ham hukm shu kabidir. Muttafaqun alayh bo‘lgan haromdan ko‘ra, haromligida ixtilof qilingan narsaning hukmi engilroq bo‘ladi. Makruhi tahrimiyniki undanda engil, makruhi tanzihiyniki esa undanda engilroqdir. Joiz yoki nojoizligi haqida ixtilof qilingan masalalar esa undan ham engilroqdir. Bizning holatimizda ko‘pincha kishilar hukmlarning martabalariga e’tibor qaratmaydilar. Ulug‘larning odati hisoblanib, ular doimiy amal qilib baraktoga sabab bo‘lgan, sunnat darajasida ham bo‘lmagan amallarni vojib yoki farzni tark qilgan kishining darajasiga chiqarib qo‘yadilar. Makruhi tanzihiyni qilgan kishini haromni qilganning darajasiga chiqarib unga malomat qiladilar. Yoki odatiy sunnat(namozning sunnati emas) bo‘lgan amalni tark qilgan kishiga farzni tark qilgandek muomala qiladilar. Chap qo‘lida choy quyib o‘ng qo‘lida uzatishdek muboh ishni ichiga najosat quyilgan harom narsaga tenglashtiradilar. Hatto Alloh taolo qattiq ta’kidlab farz qilgan namozlarni arzimas tomoshani deb tark qilavershni esa ma’naviyat deb biladilar. Mana shu hukmlarning martabasini anglamaslik dinda g‘uluvga ketish hisoblanadi. Muftiy Muhammad Shafi’ rahmatullohi alayh : “G‘oyri munkar(gunoh bo‘lmagan) bo‘lgan ishni gunoh darajasiga chiqarish o‘zi bir gunohdir” deganlar. Shariat o‘zi harom qilmagan narsani haromga chiqarish, farz va vojib qilmagan muboh ishlarni farz-vojib darajasiga chiqarish shariat mijoziga ziddir. Dinda faqihlikdan yiroqlikdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:25 | Savol-javoblar | 166 | Ibodatlar