Ilmsizligim sabab savollar iskanjasidaman
Assalomu alaykum! Men 3 yildan beri turmush o‘rtog‘im bilan oilaviy janjallar sabab birga yashamayman. Ota-onamni uyidaman. Birga yashamasakda lekin qonuniy er-xotinmiz. Erim uylangan va bitta bolali ham bo‘ldi. Sudga ajrim qilib bering deb ariza berganda, farzandlarimiz borligi sabab ajrim qilmadi. Savolim shuki, erim menga taloq, javobingni berdim kabi so‘zlarni aytmagan, lekin sudga ajrashaman ajrim qilib bering degan. Bu holatda nikohimiz buzilganmi? Agar boshqa turmush qurmoqchi bo‘lsam erimdan javobimni olishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq yoki taloqqa dalolat qiladigan biror gap aytilmasa “sudga ajrashaman ajrim qilib bering” degan gap bilan taloq tushib qolmaydi. Siz talog‘ingizni olishingiz va iddangizni o‘tirishingiz shart. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 10:48 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush