Xristian bilan ishlash
Assalomu alaykum! Men xozir Rossiya davlatidaman. Xozirda Belarus millatidan xristian dinidagi odam bilan ishlayapman. Xar namoz o‘qiganimda namuncha ko‘p ibodat qilishasan deydi. Men bir kunda 5 maxal xalos deyman. Quron tinglasam ma’nosini so‘radi men unga ruscha tarjimasini ko‘rsatsam "e xammasi yolg‘on oddiy so‘zlar" dedi. Tilni yaxshi bilmaganim uchun qo‘limdan kelganicha davat qilyapman. Ammo bazida kurakda turmaydigan gaplar gapiradi. Xudo yo‘q men xudoman va shunga o‘xshash gaplar. Eng yomoni Allohni xaqorat qiladi. Juda yomon so‘zlar bilan. U kim bo‘libdiki olamlar Robbisi meni Robbimni xaqorat qiladi. Muqaddas dinimni xaqorat qiladi. Men shunday vaziyatda nima qilay. O‘zimni qancha so‘ksa chidarman ammo dinim va Robbimni xaqorat qilishiga chidolmayapman. Shar’an undan uni jazolashim mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar etarli miqdorda tushuntrishga imkon va ilmingiz bo‘lmasa, gapirmang. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 03:52 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar etarli miqdorda tushuntrishga imkon va ilmingiz bo‘lmasa, gapirmang. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 03:52 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar