Kaynonam erim bilan yashashimni xoxlamayabdi

Assalomu alaykum! Erimni ishi va meni o‘qishim sababli biz boshqa viloyatda yashaymiz. 11 oylik bolamiz xam bor. O‘qishim shu yil tugaydi. Qaynonam menga o‘qish tugasa uyga kelasan deyabdi. Lekin men xoxlamayman. Erimni oldida bo‘lishni xoxlayman. Erimga aytsam ketmaysan deyabdi. Qaynonam xar kun telfon qilib ering ishlasin uni tinch qo‘y. Sen buyoqqa kelasan bola bilan. Ering silarni ko‘rishga xar oy o‘zi kelib ketadi deybdi. Sal avvalroq bolani sutdan ayirib menga ber o‘zim boqaman degandi. Biz qarshi bo‘lgandik. Xali 3 yoshigacha emizaman degandim. Endi esa bunaqa deyabdi. Erimdan aloxida yashamayman deyishga uyalyabman. Iltimos maslat beringlar. Bu vaziyatda nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki yoshgacha emizing. Erim bilan birga yashayman deyishga yuz foiz haqlisiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 11:32 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar