Qabr kovlash haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ilm sohiblari, ma’lumki, bizning dinimiz yaqinlarimiz foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qilganida ularni poklab kuzatish zimmasini yuklaydi. Qabr(lahad) qazishni ham o‘ziga yarasha shartlari bor. Ammo bizning qishlog‘imizdagi qabristonda qabrlrar juda oddiy qaziladi, ya’ni o‘ra qilib kovlanib, ustiga kichik tom qilib qabr yopiladi. Bilishimcha, qabr avval pastga, keyin, yonga qarab yuriladi. Aslida bizning mazhabimizda qabr kovlash tartibi qanaqa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qabr kovlash har erda erning holatiga qarab har xil bo‘ladi. Hatto ba’zi joylar borki, 1-2 qarch kovlagan suv chiqib ketganligidan erni ustiga xona qilib o‘shaning ichiga olib kirib qo‘yiladi. Agar holat ko‘tarsa avval siz aytgandek o‘ra qilib kovlanib, qibla tomondan tokchaga o‘xshab o‘yiladi va mayyitni yuzini qiblaga qilib, o‘zini o‘ng tomonga yonboshlatib yotqiziladi. So‘ng tokchani guvala kabi narsa bilan urib yopiladi. Ba’zi joylarda tokchani berkitishga ko‘p guvala kabi narsani ketishining oldini olib, odam sig‘adigan kovakdan kirib ichkariga qo‘yiladi. Qabrga qo‘yishda odatda ba’zi joylarda mayyitni chalqancha etqizib yuzini o‘zini qiblaga qaratib qo‘yiladi. Bu xatodir. Mayyitni to‘laligicha yonboshlatib qiblaga qaratib qo‘yish kerak. Masala: Mayyitni qabrga qo‘yishda chalqancha yotqizib, yuzini qiblaga qaratish bilan qabrga qo‘yish sunnati ado bo‘ladimi? JAVOB: Ado bo‘lmaydi. Alloma Kosoniy rahmatullohi alayh o‘zlarining «Badoyi’us-Sanoi’ fiy tartibish-Sharoi’» kitoblarida keltiradilar: وَيُوضَعُ عَلَى شِقِّهِ الْأَيْمَنِ مُتَوَجِّهًا إلَى الْقِبْلَةِ لِمَا رُوِيَ عَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ : شَهِدَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ جِنَازَةَ رَجُلٍ فَقَالَ يَا : عَلِيُّ اسْتَقْبِلْ بِهِ اسْتِقْبَالًا وَقُولُوا جَمِيعًا بِاسْمِ اللَّهِ ، وَعَلَى مِلَّةِ رَسُولِ اللَّهِ، وَضَعُوهُ لِجَنْبِهِ وَلَا تَكُبُّوهُ لِوَجْهِهِ وَلَا تُلْقُوهُ لِظَهْرِهِ «Mayyit qabrga o‘ng tarafiga yonboshlatib, yuzini qiblaga qaratib yotqiziladi. Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining jasadini ko‘mishda qatnashdilar. Shunda: «Ey Aliy, uni qiblaga to‘liq yuzlantirgin va barchalaringiz «Bismillah va ala millati rosulillah»ni aytinglar. Yonboshlatib qo‘yinglar. Yuztuban ham, chalqancha ham yotqizmanglar», dedilar». (Badoyi’us Sanoyi’). Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 185 | Dolzarb savollar