Kamondan o‘q otish

Assalomu alaykum! Men kamondan o‘q otish sport turi bilan shug‘ullanaman. Dinimizda bu ish joizmi? Shu haqda dinimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda bundan qaytarilmagan. وَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: كُلُّ مَا يَلْهُو بِهِ الرَّجُلُ الْمُسْلِمُ بَاطِلٌ إِلَّا رَمْيَهُ بِقَوْسِهِ، وَتَأْدِيبَهُ فَرَسَهُ، وَمُلَاعَبَتَهُ أَهْلَهُ، فَإِنَّهُنَّ مِنَ الْحَقِّ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ  «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmon kishining behuda ko‘ngilxushlik qilishi botildir. Kamonidan o‘q otsa, otini o‘rgatsa va ahli bilan o‘ynashsa, mustasno. Bu narsalar haqdandir», dedilar».

Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Kamondan o‘q otish – merganlikka tayyorlanish, vatan, dinu diyonat mudofaasi uchun tayyorgarlik ko‘rishdir. Demak, bu boradagi urinishlarning zamonaviy ko‘rinishlarini ham behuda urinish, deb bo‘lmaydi.
Otni o‘rgatish ham chavandozlikni mashq qilish, o‘zi va jamiyati foydasiga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat. Bu ma’nodagi urinishlar ham behuda hisoblanmaydi.
Xotini bilan ko‘ngilxushlik qilish ham shu toifaga kiradi. Bu halol, pok narsadir. Oilaning inoqligi, oradagi muhabbatning bardavomligi shunga bog‘liq. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

4 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 181 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar