Ijobat bo‘ladigan duo

Assalomu alaykum! Bir maruzada eshitishimcha xar bir payg‘ambarning bu dunyoda bir martada ijobat bo‘ladigan bir duosi bo‘lgan. Payg‘ambarimiz sallolloxu alayxi vassallam bu duoni qiyomatga ummatim uchun olib qo‘ydim degan ekanlar. Shu xaqida malumot bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadis Sunan Termiziyda bor. حَدَّثَنَا أَبُو كُرَيْبٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنِ الْأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لِكُلِّ نَبِيٍّ دَعْوَةٌ مُسْتَجَابَةٌ، وَإِنِّي اخْتَبَأْتُ دَعْوَتِي شَفَاعَةً لِأُمَّتِي، وَهِيَ نَائِلَةٌ إِنْ شَاءَ اللَّهُ مَنْ مَاتَ مِنْهُمْ لَا يُشْرِكُ بِاللَّهِ شَيْئًا».هَذَا حَدِيثٌ صَحِيحٌ Bizga Abu Kurayb hadis aytib berdi. U dedi: «Bizga Abu Muoviya hadis aytib berdi». U A’mashdan, u Abu Solihdan:
Abu Hurayradan:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir Nabiyning mustajob duosi bor. Men o‘z duoimni qiyomat kuni shafoat o‘laroq berkitib (saqlab)qo‘ydim. U, inshaalloh, ummatimdan Allohga hech narsani shirk keltirmay o‘lganlariga noil (nasib) bo‘lgusidir», dedilar.
Bu hasan sahih hadisdir. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar