Lotoreya buyumi

Assalomu alaykum! Bobom SSR paytida 2 gilamni lotoreyaga yutganini aytib qoldi. U gilam bizni uyda soliniq turadi. Kirib chiqish ko‘p bo‘lgani uchun bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bobomga aytganman lotoreya yomonligini lekin unchalik ham ta’sirlanmagan. Gilamni olib tashlash uchun uydagilarga aytish kerak va aytishdan biron manfaat chiqmaydi deb o‘ylayman. 1)Tushuntiradigan odam topib holatni sekin asta isloh qilguncha u gilamni bosib o‘tib tursak bizga gunoh bo‘lmaydimi? 2) singlimga ham u joyda namoz o‘qimaslikni tayinlaymi? 3) ammamning uyiga shu gilamlarni berib yuborsak bo‘ladimi?(ammamning oilasi nisobga ega emas) chunki qarindoshimizga bersak vaziyatni yumshatish osonroq bo‘ladi deb o‘ylayman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha gilam bobongizning ham, sizlarning ham mulkingiz emas ekan. Undan foydalanishingiz joiz emas. Imkoni bo‘lsa, uni egalariga qaytarish lozim. Bu imkonsiz bo‘lsa, savob umid qilmay faqirlarga sadaqa qiling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:11 | Savol-javoblar | 199 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar