Din orqali hazilmi?

Assalomu alaykum! Bugun ko‘p telegram kanallari va instagramda ham shunday rasm tarqaldi: "Exams are Haraam, only Allah san test us", ya’ni Imtihonlar Harom, bizni sinashga faqatgina Alloh haqli. Bu rasmni ko‘pchilik kuzatuvchilar, ayniqsa talaba, o‘quvchilar oddiy kulgi bilan qabul qilgan bo‘lsa, bu erda din ustidan kulinyapti, bunday hazil qilishga ehtiyot bo‘lish kerak, deyishdi. Iltimos vaziyatdan kelib chiqib to‘g‘ri fikrda bo‘lishimizga yordam bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Diniy shiorlar ustidan mazax qilish, kulish kufrga olib boradi. Juda ehtiyot bo‘lish darkor. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 13:25 | Savol-javoblar | 135 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar