Bola ko‘rish uchun belga surani bog‘lab yurish
Assalomu alaykum! Bir kuni tanishim belida Qur’onning bazi oyatlarini matoga orab olganini ko‘rib qoldim. Undan buni sababini so‘rasam bu oyatlar unga o‘g‘il farzand tug‘ilishiga yordam berishini va unda shunaqa xislatlar bor ekanini din vakilidan maslaxatlashib olganini aytdi. Xojatga belimdan olib keyin kiraman dedi. Lekin savolim shuki qaysi oyatlar sabab bo‘lishi mumkin va farzand jinsini qanday bo‘lishini faqat Allohdan kutish kerak emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishi noto‘g‘ri. Din vakili degan odam ham dinni yaxshi bilmas ekan. Alloh taolo "Shuuro" surasida marhamat qiladi: لِلَّهِ مُلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ يَخْلُقُ مَا يَشَاء يَهَبُ لِمَنْ يَشَاء إِنَاثًا وَيَهَبُ لِمَن يَشَاء الذُّكُورَ أَوْ يُزَوِّجُهُمْ ذُكْرَانًا وَإِنَاثًا وَيَجْعَلُ مَن يَشَاء عَقِيمًا إِنَّهُ عَلِيمٌ قَدِيرٌ49. Osmonlaru erning podshohligi Allohnikidir. U Zot xohlagan narsasini yaratur. U Zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga o‘g‘illar hadya etur.
50. Yoki ularni juftlab – o‘g‘il-qiz qilib berur va xohlagan kishisini tug‘mas qilur. Albatta, U o‘ta biluvchidir, o‘ta qudratlidir.
Insonga hamma narsani faqat Alloh taolo berishining yorqin namunasi farzand masalasida ko‘rinadi. Ayni shu masalada inson o‘zining ojizligini xis etadi. O‘z xohishiga ko‘ra biron narsani bor qila olmasligini, balki doimo Alloh taoloning madadi va inoyatiga muhtoj bo‘lib turishini anglab etadi.
«Osmonlaru erning podshohligi Allohnikidir».
Osmonlarda va erda nimaiki bo‘lsa, hamma-hammasi Alloh taoloning mulkidir.
«U Zot xohlagan narsasini yaratur».
Bu ishda U Zotning xohishiga hech kim to‘siq bo‘la olmaydi. Butun borliqning Moliki – egasi va mutlaq Xoliqi bo‘lgan o‘sha Zot O‘z mulkidan xohlagan bandasiga xohlagan narsasini beradi. Jumladan, farzand berish masalasida ham
«U Zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur».
Agar o‘g‘il yo qiz farzand ko‘rish ota-ona xohishiga ko‘ra bo‘lganida, ushbu oyatlar nozil bo‘layotgan paytdagi johiliy arablarda qiz farzand bo‘lmas edi. Chunki ular qiz farzandni yoqtirishmasdi. Hatto qizlarini tiriklay ko‘mib ham tashlashardi. Holbuki, ba’zilar faqat qiz farzandlar ko‘rishadi, o‘g‘il farzandga zor bo‘lib yurishadi. Bu hol farzand faqat Allohning xohishi bilan o‘g‘il yoki qiz bo‘lishini bildiradi.
«...va xohlagan kishisiga o‘g‘illar hadya etur».
Faqat o‘g‘il farzandlar ko‘rib, Allohdan qiz so‘rab yurgan odamlar ham oz emas.
«Yoki ularni juftlab – o‘g‘il-qiz qilib berur…»
Aralash farzandlar ko‘rish odamlar ichida ko‘p tarqalgan holatdir.
«...va xohlagan kishisini tug‘mas qilur».
Bundaylar ozchilik bo‘lib, Alloh taolo ibrat uchun, farzand odamlarning xohishi bilan emas, Allohning xohishi bilan bo‘lishini ko‘rsatish uchun shunday qilib qo‘ygan.
«Albatta, U o‘ta biluvchidir, o‘ta qudratlidir».
Albatta, Alloh o‘ta biluvchi va o‘ta qodir Zotdir.
Hamma narsani bilib qiladi. Jumladan, kimga qiz, kimga o‘g‘il, kimga o‘g‘il-qiz berishni yoki kimni tug‘mas qilishni ham O‘zi biladi. Bu ishlarga Uning qudrati etadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 04:23 | Savol-javoblar | 145 | Islam