Oila buzish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar! Mening qaynotam oilamni qastdan buzib, ochiq-oydin gunohini bo‘yniga oldi. U kishi o‘zini juda katta oladi, Hazratimiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni inkor qiladi. Men o‘g‘lim uchun kurashdim, lekin bo‘lmadi. Bolamniyam ko‘rsatmay, “meni o‘g‘lim” deb yuribdi. Mendan o‘tgani 3 yil chidadim, xotinimga tarbiya bermagan otasi kelib, olib ketaverdi. Mendan ruxsat so‘ramasdan kafelarga oboradi, sochini kestirgani oboradi va menga itoat kilmaydi. Savolim qaynotamning qilgan ishini hukmi qanday? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz, siz aytgan voqeani ichida ham, tashida ham bo‘lmaganmiz. Shunday ekan qanday biror narsa deyishimiz mumkin? Shariatimizda, ikki va undan ko‘p odam orasidagi masalani, bir kishining gapiga qarab hukm aytilmaydi. Ya’ni ikki tarafni ham eshitish kerak bo‘ladi. Shuning uchun yaqiningizdagi biror ilmli imomga murojaat qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:42 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar