Fantastik kitob o‘qish
Assalomu alaykum! Gorvard Lavkraft degan oldin yashab o‘tgan yozuvchi bo‘lgan. Uni kitoblari fantastik janrda yozilgan. Xar-xil fantastik mahluqotlar haqida. Uni yozgan kitoblari ichida Mifы Ktulxu degan kitobi bor ekan. O‘zim kitoblar o‘qishga qiziqaman. Fantastik kitob yoki kinolarga qiziqmayman lekin shu kitob meni juda xam qiziqtirib qo‘ydi. U kitobni o‘qimadim lekin qisqacha videoobzorini ko‘rganimda eshitib qoldim. U erda maxluq bor ekan u o‘ziga o‘xshagan maxluqlarni yaratgan ekan va shu joyini eshitib shubhalanib qoldim. Chunki yaratuvchi faqat bitta. Shu kitobni o‘qisam shirk keltirgan bo‘lamanmi yoki qandaydir o‘zim bilmagan gunohga ko‘l urgan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shuni o‘rniga tafsir, hadis va siyrat kitoblari o‘qing. Chunki inson ham bir idishga o‘xshaydi. Masalan yangi tug‘ilganida pokiza va beg‘ubor bo‘ladi, so‘ng unga ko‘z, quloq, og‘iz orqali nima kirsa idish o‘sha bilan to‘lishni boshlaydi. Ma’lum bir yoshga etganda esa ichidagi narsalar uni harakatga keltirishni boshlaydi. Yaxshlik bilan to‘lgan bo‘lsa yaxshilik tomoniga, agar shirk, kufr, fasod va hasad kabi narsalar bilan to‘lgan bo‘lsa yon atrofiga o‘sha narsalarni tarqatadi. O‘sha idishga tushadigan eng xavfli narsalardan biri kufr, shirkdir. Odam tashqi ko‘rinishini har qancha yuvib tozalagani bilan u narsalar inson qalbi va miyasini o‘ta darajada ifloslantirib qo‘ygan bo‘ladi. Inson o‘z idishi toza yoki kir ekanligini o‘ylayotgan fikri, yon atrofidagi insonlarga tarqatayotgan foyda yoki zarari, qilayotgan muomalasidan bilib olaveradi. Chunki inson idishiga mandarin kabi shirin ta’mli shirin hidni joylagan bo‘lsa, o‘zi va atrofidagilariga ham o‘sha hid bilan ta’mni beradi. Ichini chayonga o‘xshab zahar bilan to‘ldirgan bo‘lsa o‘zgalar bilan o‘ziga etkazadigan narsasi faqat zahar bo‘ladi. Bizga yuzlab odamlar Alloh haqida har xil yomon xayollar keladi, qanday qutilsam bo‘ladi deb murojaat qilishadi. Inson yoshligidan vaqtini behuda sarflab ichini shu kabi narsalarga to‘ldirib olsa vafot topgunicha shu saqlanib qolgan narsalarining ta’sirida xayol surib yuradi. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar.
Sunani Dorimiy. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 163 | Kitoblar