Labni tishlaganda qon chiqsa

Assalomu alaykum! Labimni tishlaydigan odatim bor. Labim ko‘pincha qurib, ignani teshigichalik teshilib qoladi ba’zi joyi. Shunda og‘zimga qonga o‘xshashmi bilmadim g‘alati ta’m bilinadi. Lekin oqadigan bo‘lib qon chiqmaydi. Shunda ko‘chada bo‘lib qolsam taxoratimni yangilolmayman. Ammo ichimda taxoratim bormi ketdimi deb juda qiynalib ketaman. Taxorat shu xolatda ketgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oqadigan qon tahoratni sindiradi. Oqmasa sinmaydi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 14:46 | Savol-javoblar | 153 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar