Chet elda ovqatlanish

Assalomu alaykum! Men Janubiy Koreyada o‘qiyman, extiyojlarim uchun darsdan keyin ishlayman. Ishlash jarayonida ovqatlanish vaqtida oshxonaga boramiz shu millat vakillari uchun cho‘chqa go‘shtidan ovqatlar berishadi biz O‘zbekistonlikmiz desak cho‘chqa go‘shti solinmagan, tovuq go‘shti solingan ovqat berishadi. Bilamizki bu erda so‘yilgan tovuqlarni Bismilloh kalimasini atshmaydi va bu halol bo‘lmaydi. Boshqa ovqatlar, go‘sht solinmagan ovqatlarni tanavvul qilishimiz joyizmi? Ya’ni bir kun oldin shu idishlarda cho‘chqa go‘shti solingan ovqat eyilgan bo‘lishi mumkin yoki ovqat tayyorlashda bir xil idishdan foydalangan bo‘lishi mumkin, tabiyiki boshqa din vakillari idishlarni poklashmaydi. Biz shu holatda nima qilganimiz yaxshiroq? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zinglar xonada ovqat tayyorlab ovqatni issiq holda saqlaydigan idishlarda saqlab shuni eyishga harakat qilinglar. Hamma qatori bo‘lish va hamma jannatga kirsa jannatga, do‘zaxga kirsa do‘zaxga ketish oson. O‘sha jamoadan ajrab poklikni ixtiyor qilish, Alloh taoloning roziligini istash avvalida biroz qiyin bo‘ladi, keyin juda maroqli bo‘ladi. Sizlarning imtihoningiz hozir shu taomdan ekan. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 192 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar