6930 savol haqida savol

Assalomu alaykum! 6930- savol: Assalomu alaykum! Bir kishi xidoyat topib xalol xaromni tushunib etdi, birovning xaqqi yomonligini anglab etdi, g‘iybat xaqida xam tushunib etdi. Endi o‘sha kishida shubxalar paydo bo‘lyapti masalan maktab, litseyda o‘qib yurgan paytlari ustozlar, qizlarni orqasidan g‘iybat qilish keng tarqalgan edi. Shuning uchun shu kishi shubxalarni yo‘qotish manosida xamma sinfdoshlarni va kursdoshlarni topib roziligini olmoqchi. Buni qanday so‘rasa roziligini olgan bo‘ladi? Chunki u kishida shubxa bor xamma sinfdoshlarni yoki kursdoshlarni g‘iybat qilganligi aniq emas. Men seni g‘iybat qilganman deb yolg‘on aytsa xam bo‘lmaydi. Javob: – Va alaykum assalom! 1). Ochiq-oydin g‘iybat qilganman deb aytish shart emas. “mendan xato kamchiliklar, sizlar haqingizda noto‘g‘ri fikrlar o‘tgan bo‘lsa meni kechiringlar” deyish kifoya qiladi. G‘iybatingiz etib bormagan bo‘lsa aytishingizni ham hojati yo‘q. Haqqiga duo qilib qo‘ying. javobidagi:"G‘iybatingiz etib bormagan bo‘lsa aytishingizni ham hojati yo‘q." degan gap "Agar Anvar G‘anini g‘iybat qilsa lekin G‘ani bu g‘iybatni eshitmagan bo‘lsa, Anvar G‘anidan g‘iybati uchun uzr so‘rash shart emas" deb tushiniladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar