Qiz farzand qiyomat kunida
Assalomu alaykum! Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotganlardan biri haqida suramoqchi edim. Shu to‘g‘rimi? Chindan qiz farzand qiyomat kunida o‘z savobidan otasiga beradimi, shunday hadis bormi? Hech kimni bir biri bilan ishi bulmaydigan kunda shunday bulishi mumkinmi? Quyida malumotni tulig‘ini taqdim qilaman: "Qiz farzandi borlarga. O‘tgan yakshanba kuni ehsonga bordim. Sal ertaroq boribman biroz imomni kelishini kutdik. Va nihoyat u kishi keldilar, ichkariga dasturxon atrofiga odamlar bilan kirdim. Ehson bo‘lgan joyda imom domla ozgina bo‘lsa ham ma’ruza qiladilar. Ma’ruza mavzusi: "Qiyomatda bo‘ladigan xisob kitob edi". O‘sha daxshatli kunda, mobodo savobingiz etmay qolib, o‘z yaqinlaringizdan ozgina savobidan so‘rasa xam bermas ekan. -O‘g‘lim savobingdan ozgina berib tur etmay qoldi, o‘tib olay... -Uzr otajon bu kunda bera olmayman, xali men xisobimni bilmayman balkim meniki xam etmay qolar... Shu zayl odam ahli ayoliga, onasiga, otasiga zorlanib so‘rasa ham, barcha o‘zini olib qochadigan xolat bo‘lar ekan. Bu do‘zax olovi odamlar ko‘z oldida gavdalangan payt, hamma faqat o‘zi bilan o‘zi qo‘rquv va vahimada turgan payt, qiz bola otasiga yuzlanib: -Mayli otajon meni savobimdan oling, men peshonamdan ko‘rdim, der ekan. Shu alfoz ota xisobi to‘g‘rilanib o‘tib ketgach. ALLOH aytarkan: -O‘zi bir ojiza bo‘la turib, qismati noma’lum bo‘la turib, otasi uchun savobini berdi, men nega endi bunga rahm qila olmas ekanman, kechdim gunoxidan, so‘roqsiz uni ham jannatga o‘tkazvoringlar - deya farishtalarga hitob qilarkan."
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayni shu lafzlar bilan hadis borligini bilmaymiz. Voizlar biroz bo‘rttiradilar. Quyidagicha hadislar bor. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: دَخَلَتِ امْرَأَةٌ مَعَهَا ابْنَتَانِ لَهَا تَسْأَلُ، فَلَمْ تَجِدْ عِنْدِي شَيْئًا غَيْرَ تَمْرَةٍ فَأَعْطَيْتُهَا إِيَّاهَا، فَقَسَمَتْهَا بَيْنَ ابْنَتَيْهَا وَلَمْ تَأْكُلْ مِنْهَا، ثُمَّ قَامَتْ فَخَرَجَتْ، فَدَخَلَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَيْنَا، فَأَخْبَرْتُهُ فَقَالَ: مَنِ ابْتُلِيَ مِنْ هَذِهِ الْبَنَاتِ بِشَيْءٍ كُنَّ لَهُ سِتْرًا مِنَ النَّارِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Bir ayol ikki qizchasi bilan tilanib kirdi. Huzurimda bir dona xurmodan boshqa hech narsa yo‘q edi. Uni ayolga bergan edim, qizchalariga bo‘lib berdi, o‘zi emadi. So‘ng turib, chiqib ketdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam oldimizga kirganlarida u zotga buning xabarini berdim. Shunda u zot: «Kim mana shunday qizlar tufayli biron narsa bilan sinalsa, ular unga do‘zaxdan to‘siq bo‘lishadi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ عَالَ جَارِيَتَيْنِ حَتَّى تَبْلُغَا، جَاءَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَنَا وَهُوَ»، وَضَمَّ أَصَابِعَهُ Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ikki qizni balog‘atga etgunicha tarbiyalab-o‘stirsa, Qiyomat kuni men bilan (mana bunday) keladi» deb, barmoqlarini birlashtirib ko‘rsatdilar».
Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 23:40 | Savol-javoblar | 247 | Dolzarb savollar