Ekonometrika haqida

Assalamu alaykum wa rahmatullahi wa barakatuhuShayx hazratlari bir masala bilan murojat qilishga izn bersangiz.Man Horijda iqtisod sohasi bo‘yicha ta‘lim olyapman. Iqtisod sohasining ekonometrika degan qismi bor.Bu soha iqtisodiy nazariya asosida statistik ma‘lumotlarni kompyuter programmalari orqali tahlil qilib beradi.Tahlil natijasini har hil sohalarda qo‘llaniladi.Masalan, Halqaro iqtisodiy munosabatlar, moliya sohasi, qishloq ho‘jalgi sohasi va hokazo.Manda shubha tug‘dirayotgan joyi shundan iboratki tarihiy ma‘lumotlardan foydalanib kelajakda qanday iqtisodiy o‘zgarish yoki narx-navo qanday o‘zgarishini qisman tahlil qilish ham shu fanda o‘rganiladi. Shuningdek, Qimmat baho qog‘ozlar bozori, Sarroflik bozorlarida ham juda keng qo‘llaniladi.Masalan, Qimmatbaho qog‘ozlarni oxirgi 20-30 yillik ma‘lumotidan foydalanib uning narxiga ta‘sir etadigan omillarni topib shu savdo bilan shug‘ullanayotganlarga ma‘lumotlar taqdim etiladi.Hozir shu sohada o‘qiyatganligim sababli qalbimda shubha bor. Shu masalaga aniqlik kiritib bersangiz. Alloh ajrizni ko‘paytirib bersin va halqimiz uchun, ummat uchun qilayotgan hizmatlarizni Hudoni o‘zi yuqori mukofotlar bila mukofotlasin.Assalamu alaykum wa rahmatullahi wa barakatuhu
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ilmiy narsa, hech shubhaga o‘rin yo‘q. Unda g‘aybdan xabar berish bor, degan shubhaga bormaslik kerak. Unda taqqoslash bor, xolos

4 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 145 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar