Gaz quyish shahobchasida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men gaz to‘ldirish shaxobchasida operator bo‘lib ishlayman. Bu erga bir kunda 2000 tacha mashina kelib ketadi. Xar bir mashina egasiga qaytimni turlicha qaytib beraman. Ya’ni 23730 bo‘lsa 24000 berishadi. Men 200 so‘m qaytim beraman. Negaki 200 so‘mdan boshqa mayda pulim yo‘q. Lekin 23100 bo‘lsa 23000 olib qolaman. Bir kunda sotilgan gazni pulidan ba’zida ortiqcha ba’zida pul kam chiqadi. Ortiqcha chiqqan pul men uchun harom emasmi? Men o‘sha ortiqcha pulni majburan olib qolaman. Shunday qilmasam puldan xar kuni kam chiqadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shuning uchun bu muomalangizni biror katta qog‘ozga yozib mijozlarga ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yinglar. Mijozlar o‘qib bilishsin. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar