To‘g‘ri qaror qilishga yordam bering
Assalomu alaykum! Bundan 4 yil avval qarindoshim bilan birga 47.000ga yuk avtomobili sotib olganmiz. Aniqrog‘i u 27.000 men 20.000 qo‘shganman. Avtomobil olishni men taklif qilganman va u pul qo‘shgan. Shu yillar ichida ishlagan pulini yarmini qarindoshimga berib kelganman. Endi esa o‘rtamizda kelishmovchilik tufayli qarindoshim menga “pulimni qilib ber” deyapti. Ya’ni 27.000ni. Yillar o‘tib hozirda bunday avtomobillarni narxi ancha pasayib ketganligi sababli narxi taxminan 15.000 dan 20.000 gacha bo‘lib qolgan. Qarindoshimga buni tushintirolmayapman. Oraga sovuqchilik tushmasligi uchun endi men avtomobilni sotib etmaganini qo‘shib berishim kerakmi? Shunday qilsam to‘g‘ri bo‘ladimi? Yoki meni haqim unga o‘tib ketadimi? Iltimos maslahat bersangizlar. Vaqtingizni olgan bo‘lsam uzr. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avtomobilni sotib, etmaganini qo‘shib bersangiz haqingiz unga o‘tib ketadi. Biror ilm ahllari huzuriga borib, ikki tarafning guvohligida masalani hal qilib olinglar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:16 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat