Oli Imron

Assalomu alaykum! Qur’oni Karimda nozil bo‘lgan "Oli Imron" surasidagi kelgan Imron, payg‘ambirimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlardagi, ya’ni risolat kelmasdan oldin o‘tgan Varaqa ibn Navfal bularni Islomda ya’ni musulmon deb qabul qilamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohning to‘g‘ri dinida bo‘lishgan deyiladi. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy kelganidan keyin u zotning nubuvvatiga iymon keltirmaganlarni musulmon deyilmaydi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 172 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar