Hadisdagi so‘zning ma’nosi

Assalomu alaykum! Hurmatli zikr axlidan so‘rang a’zolari Abu Said Xudriy roziyallohu anxudan rivoyat qilinadi. Bo‘ri qo‘ylarni oldiga bordi va qo‘ylardan birini olib qochdi. Buni ko‘rgan cho‘pon bo‘rini quvib etdi va bo‘ridan qo‘yni tortib olib qo‘ydi. Shunda bo‘ri 2 oyigini uzatib dumini ustiga o‘tirib cho‘ponga gapira boshladi. Alloh taolo menga rizq qilib bergan narsani tortib olgani Allohdan qo‘rqmaysanmi dedi. Shunda cho‘pon vo ajabo bo‘ri odamga o‘xshab so‘zlasaya dedi. Shunda bo‘ri choponga qarab men senga bundan xam ajoyib narsani xabarini beraymi dedi. Yasribda Muhammad odamlarga bo‘lib o‘tgan narsalar xaqida xabar bermoqda dedi. Shunda cho‘pon poda xaydab Madinaga yo‘l oldi. Madinaga etib borib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lib o‘tgan voqeani so‘zlab berdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni to‘plashni buyurdi. Odamlar to‘plangandan keyin cho‘ponga qarab, bo‘lib o‘tgan voqeani so‘zlab ber dedi. Shunda cho‘pon voqeani so‘zlab berdi. U zot sollallohu alayhi vasallam u to‘g‘ri aytyapti Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, odamlar xayvon bilan kishi qamchisini uchi bilan yoki oyoq kiyimini bog‘ichi bilan so‘zlashmaguncha qiyomat qoim bo‘lmaydi dedilar. Shu erda qamchisini uchi yoki oyoq kiyimini bog‘ichi deganda nima nazarda tutilgan? Javop uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hozir taraqqiyot shu darajaga etdiki, insonning  oyoq kiyimi ham uni qaerda turganini, nimalar bilan mashg‘ul bo‘lib turganini aytib turadigan va rasmga olib turadigan bo‘ldi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 190 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar