Muddatli qarzdan zakot

Assalomu alaykum! 1) Belgilangan zakot miqdori 1 oila xisobidan xisoblanadimi? 2)  Zakot beruvchini onasi dori-darmon olishga extiyoji bo‘lsa, o‘sha dorilarini olib bersa zakot xisobiga o‘tadimi? 3) Zakot beruvchining muddatli qarzi bor, lekin zakot berishga xisobi etsa berishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bir oilada nechta odam nisob egasi bo‘lsa har biriga alohidadan zakot vojib bo‘ladi.
2). O‘tmaydi. Zakotni ota-onaga berilmaydi.
3). Qarz ikki turga bo‘linadi. Mu’ajjal va muajjal, ya’ni naqd berilishi kerak bo‘lgan va  keyinchalik berilishi kerak bo‘lgan qarz. Savoldagi qarz muajjal, ya’ni keyinchalik berilishi vojib bo‘lgan qarzga kirib, u zakot berishni man qilmaydi. وَعَنْ أَبِي حَنِيفَةَ لَا يُمْنَعُ وَقَالَ الصَّدْرُ الشَّهِيدُ : لَا رِوَايَةَ فِيهِ ، وَلِكُلٍّ مِنْ الْمَنْعِ وَعَدَمِهِ وَجْهٌ. زَادَ الْقُهُسْتَانِيُّ عَنْ الْجَوَاهِرِ : وَالصَّحِيحُ أَنَّهُ غَيْرُ مَانِعٍ Abu Hanifadan qilingan rivoyatda: «(Zakot) man  qilinimaydi», deyilgan.
Sodrushshahid aytdi: «Bu borada rivoyat yo‘q. Lekin  man qilish va man qilmaslikning ham dalillari bor. Ko‘histoniy Javharadan ziyoda qilib: «Sahih gap shuki, muajjal qarz zakot berishni man qilmaydi», dedi («Roddul muxtor», 2-jild, 5-bet). Shuning uchun qo‘lidagi boridan zakot beradi» (Muhammad Taqiy Usmoniy).
Ba’zilar: «O‘sha yilda beradigan qarzini chiqarib yuborib, qolganidan beradi», deganlar (Xolid Sayfulloh Rahmoniy. Hindiston fiqh akademiyasi raisi). Avvalgisi ehtiyotliroqdir. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 177 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar