Sajda oyatining sajdasini qilish

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, ilmsizlik va tushunmovchilik sabab ko‘p berilgan savolni yana beryapman. Sajda oyatlari kelganda joynomozga chiqib sajdaga borishdan oldin biror nima o‘qib keyin sajdaga borib Qur’on oxirida yozilgan «Navvaytu an asjuda…»ni aytiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joynamozga turib, tilovat sajdasini qalbida niyat qilib, Allohu akbarni aytib, sajdaga ketiladi. Sajdada namozdagi tasbehlarni aytib, Allohu akbar deb sajdadan turiladi. عن عائشة رضي الله عنها أن رسـول الله صلى الله عليه وسلم كان يقول في سجود القرآن بالليـل " سجدَ وجهـيَ للذي خلقَـه وشَـقَّ سمعَـه وبصرَه بحولـِه وقـوَّتِه ". أخرجـه النسائي في الصغرى Shuningdek Oisha roziyallohu anhodan ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagicha duo o‘qiganlari rivoyat qilingan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tunda Qur’onning sajdasida “Sajada vajhiy lillaziy xolaqoh va shaqqoh sam’ahu va basoroh bihavlihi va quvvatih” der edilar. Nasoiy rivoyati. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 157 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar