Savdo ilmini o‘rgatadigan kitob

Assalomu alaykum! Men magazinda sotuvchi bo‘lib ishlayman. Bugun mendan imom domla savdoda nechta farz bor deb so‘radi. Bilmasligimni aytdim. Men faqatgina savdoda aldamaslik, tarozidan urmaslik, deb tushunar edim. Iltimos savdoda nechta farz nechta sunnat borligini aytib beringlar yoki shunga oid kitob tavsiya qilinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! "Kifoya" kitobidan bay’ kitobini o‘qing. Yana Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Bozor” nomli kitobini ham. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar