Qaynonalarning turmushga bergan qizining oilasiga aralashishi to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum! Uylanganimga 4-yil bo‘ldi. Bitta farzandim bor ismini Muhammad Nazir qo‘yganman. Hech qanaqa gap-so‘zlar yo‘q edi, tinchgina yashab kelayotgandik, lekin kutilmaganda yaqinda ajrashib, oilamiz buzilib ketishiga bir baxiya qoldi. Bunga asosiy sabab, qaynonam hadeb rafiqamga qo‘ng‘iroq qiladigan bo‘lib qoldi. Qaynotamnikiga borganimda ko‘p kuzatganman, qaynonam kezi kelganda qaynotamni umuman er o‘rnida ko‘rmaydi. Buni bir necha bor rafiqamga aytdim. Gapim unga xush kelmasdi. Shu sabablimi qiziga ham erni qo‘lga olvolish kerak degan ma’noda maslahat berib yurganligini bilib qoldim. Kutilmaganda “men uyimga ketaman, yashamayman”, deb uydan chiqib ketdi, lekin uydan hech kim haydab chiqarvorgani yo‘q. Oradan 2-oy o‘tdi, yig‘lab qo‘ng‘iroq qilib yashamoqchi ekanligini aytdi. O‘rtada farzandim borligi va oilamiz buzilmasin deb mayli dedim. Men ota-onasidan ajratmoqchi emasman, ziyorat qilib turishga haqqi bor. Yaqinda “onamni sog‘ligi yaxshi emas ekan, borib hol-ahvol so‘rab kelsam maylimi” dedi men ruxsat berdim. Uyga qaytib kelgach “onam sizni so‘radilar kelmadimi deb”, lekin meni ularga nisbatan mehrim sovub bo‘lgan, borgim kelmaydi. Rafiqam ketib qolganda o‘rtada farzandimiz bor deb bir necha bor bordim, lekin ular menga har xil tana bo‘htonlar bilan ayblab, shart qo‘yib, ko‘cha- kuydagi odamlarga har xil bo‘lar-bo‘lmas ig‘volarni tarqatib tashlagandi meni aybdor ko‘rsatib. Qaysi ona o‘zi farzandini oilasini buzilishini xohlardi... Ming afsuski shunaqalar ham bor ekan. O‘zimni aybsizman demayman. Shuncha gap so‘zdan keyin men qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sabr qilib Alloh uchun yaxshiliklar qilib savobini olish kerak. Alloh taolo "Fussilat" surasida marhamat qiladi: وَلَا تَسْتَوِي الْحَسَنَةُ وَلَا السَّيِّئَةُ ادْفَعْ بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ فَإِذَا الَّذِي بَيْنَكَ وَبَيْنَهُ عَدَاوَةٌ كَأَنَّهُ وَلِيٌّ حَمِيمٌ 34. Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas. Yaxshi bo‘lgan narsa ila daf qil. Qarabsanki, sen bilan orasida adovati bor kimsa xuddi qadrdon do‘stdek bo‘lur.
Allohning yo‘liga chaqiruvchi o‘z so‘zining qadrini yaxshi bilishi, so‘zni his etishi kerak. Chunki
«Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas».
Alloh taoloning yo‘liga chaqiruvchining ishi yaxshi ish, so‘zi yaxshi so‘z, uning ishi boshqalarning ishidan ustun, uning so‘zi boshqalarning so‘zidan ustun. Shuning uchun ham
«Yaxshi bo‘lgan narsa ila daf qil».
Har qancha yomon gap eshitib, har qancha yomon muomala ko‘rsang ham, faqat yaxshi narsa ila qaytar, ey Allohning yo‘liga chaqiruvchi! Hech qachon yomonlik qilma! Ana o‘shanda
«Qarabsanki, sen bilan orasida adovati bor kimsa xuddi qadrdon do‘stdek bo‘lur».
Bu Islomga chorlovchilar uchun juda ham zarur bir sifatdir. Har bir narsani yomonlik bilan emas, faqat yaxshilik bilan qarshi olish darajasiga etgan chorlovchigina katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Ammo bu sifatga erishish oson emas. وَمَا يُلَقَّاهَا إِلَّا الَّذِينَ صَبَرُوا وَمَا يُلَقَّاهَا إِلَّا ذُو حَظٍّ عَظِيمٍ 35. Unga sabr qilganlardan boshqa hech kim erishmas. Unga ulug‘ nasiba egalaridan boshqa hech kim erishmas. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:01 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush