Duo ijobati
Assalomu alaykum! Men 8 oydan buyon bir extiyoj talabidaman. Yaratgan egamdan kunning uchinchi yarmida xam, yomg‘ir yoqqanda xam so‘rayman. Ota-onamdan tinmay duo olaman niyatimga etishishim uchun. Ammo lekin men istagan natija bo‘lmayapti. Oxir oqibat o‘sha narsani o‘ylasam ko‘zimga yoshga to‘ladigan bo‘ldi. Duolar qabul qilinmasligi xam mumkinmi, ustozlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muso va Horun alayhimassalomlar payg‘ambar bo‘lgan zotlardir. Ular duosi mustajob zotlardir. Ular ikkovlari yolvorib Allohga duo qilishdi va ularni duolari mustajob bo‘ldi. Natijasi esa 40 yildan keyin zohir bo‘ldi. Alloh duolarni shak shubhasiz qabul qiluvchi Zot. Shoshilmaslik kerak. MODOMIKI BANDA ShOShMASA, UNGA IJOBAT BO‘LADI عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يُسْتَجَابُ لِأَحَدِكُمْ مَا لَمْ يَعْجَلْ يَقُولُ: دَعَوْتُ فَلَمْ يُسْتَجَبْ لِي Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Modomiki birortangiz: «Duo qildim-u, ijobat bo‘lmadi», deb shoshmasa, ijobat bo‘ladi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 01:07 | Savol-javoblar | 202 | Turli savollar