Allohga ishonmaydigan er

Assalomu alaykum! Bir ayol namoz o‘qiydi, lekin turmush o‘rtog‘i umuman Allohga ishonmaydi. Xudo yo‘q deydi. Ular nima qilishlari kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday bo‘lsa ularni o‘rtasida aslo nikoh yo‘q. Birga yashashlari joiz emas. Mabodo eri iymon keltirsa ham qayta nikoh o‘qitish kerak bo‘ladi. Oralaridagi barcha ishlar zino bo‘ladi. Muslima ayolning musulmondan boshqa, masalan yahudiyga ham nasroniyga ham ateistga ham butga sig‘inuvchiga ham nikohlanishi halol emas. Ular bilan muslimani nikohi bog‘lanmaydi ham. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 01:18 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar