Bu vasvasami

Assalomu alaykum! 2 yildan beri ruxiy holatim yaxshimas. Oldinlari yomon o‘y hayollar qiynardi. Ular vasvasadan ekanligini savol javoblardan o‘qib ancha ko‘nglim taskin topdi. Lekin shu yaqin kunlarda bu voqea ancha yil oldin bo‘lgan mahramimga shahvat bilan qaramadmmkin o‘rtada hurmati musoharat sobit bo‘lib 2 ta oilani buzilishiga sabab bo‘lib qolmadimmikin degan o‘ylar kelyapti. O‘ylagan sari vijdonim qiynalb o‘zimdan jirkanib ketyapman. Shu holatni qayta-qayta tasavvur qilib o‘tmishga qaytib shu holatni boshimdan kechryapman. Ba’zida ko‘nglm taskin topib unaqa bo‘lmagandek tuyuladi. Ba’zida esa umuman aksi. Ikkilanish shubxa gumon ich etimi eb qo‘ydi. Ishonchim komil emas. Vasvasa hurmati musoharat maqolalarini qayta qayta o‘qidim. Ba’zida bu vasvasa vasvasaga aldanib battar gunohga botmay deymanu... Hurmatli ustozlar vaqtlaringizni olgan bo‘lsam men gunohkorni kechiringizlar ming istihola bilan yozdim holatimni tushuntrib bershim juda qiyin. Oldinlari tahorat g‘usl ehtilom nomoz taloq kofirlik) bo‘yicha vasvasalar kelardi. Sayt tufayli hozirda ular meni qiynamayapti. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ham vasavasa, aslo qo‘rqmang. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 02:24 | Savol-javoblar | 176 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar