Muhabbat
Assalomu alaykum! Avvalom bor savolim uchun uzur balki bu savolni berishni uzi gunohdur lekin majburman! Men 3 yildan beri bir qizga uylanmoqchiman chunki uni yaxshi kuraman . Hayotimni u bilan bir qurmoqchiman. Unga yaxshi kurishimni aytdim u ota onam nima desa shu buladi dedi . Mani onam chet elda keyin nima qilishni bilmay qizni uyiga bordim . Uydagilari yuq ekan . Balki taqdir emasdir deb uyga qaytdim. Oradan ozgina vaqt utgach qizni uzi aytdi onam xozir oldimda agar yaxshi kursangiz keling gaplashing dedi. Keyin bordim onasi meni yaxshi kutib oldii. Gaplashdim bolam xozir qiz chiqarganman . Bunisiniyam birdan tuy qilolmayman dedi. Xullas yuq qizimni bermayman demadi. Agar u qizni menda kungli bulmaganda onasini oldiga meni chaqirarmidi. Qizni uzi 5 maxal nomoz uqiydii. Keyin kanaldan sevgi haqida savol javob kelibdi. Sevgi haqida sevgi islomda xarom hisoblanarkan. Shundan keyin men bilan umuman gaplashmay quydii. Sevgi xarom emasdir. Agar sevgi harom bulsa Farxod va Shirin Toxir va Zuxra Layli va Majnun Otabek va Kumush aytsam judayam kop shularni bir biriga bulgan sevgilari muhabbatlari ham xarom hisoblanadimii aa ?? Javoblaringizga kura bular xarom hisoblanar . Lekin "HESH BIR DUO PAYG‘AMBARIMIZ MUHAMMAD (S.A.V) QO‘LLARINI SAMOGA OSHIB" ""OLLOHIM QALBIMGA HOKIM BO‘LA OLMAYAPMAN OISHANI JUDA QATTIQ SEVAMAN" deganlari kabi guzal emas edi deyishadi . Ana Payg‘ambarmiz ham sevgan ekanlarku bunga nima deysiz?? Savol Sevish va muhabbat qo‘yish shariatda harom sanaladimi? Javob Muhabbat islomda sharaflanadi va unga chaqiriladi. Alloh taolo aytadi: "Odamlar ichida Allohdan o‘zga tengdoshlarni tutadiganlar va ularni Allohni sevgandek sevadiganlar bor. Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir" Demak sevgi va muhabbat harom hisoblanmaydi Bu javobga nima deysiz? Ollohga bulgan sevgi eng buyuk sevgi va buni hech kim inkor eta olmaydi. Lekin Islomda ham aytilgan sevingla va sevimli bulinglar deb.Ollohni yaratgan bandasini sevish ham Ollohni sevishga kiradi manimcha. Olloh insonlarni juft qilib yaratdi va ular urtasiga muqaddas sevgini uygotdi. Odam ato va Momo havo ham sevishgan bir-birlarini. Shunday ekan Olloh ato etgan sevgini inkor qilish yoki utkinchi deb atash katta hato bulsa kerak. Insonlar hayotda sevib va sevilib yashashlari eng guzal haqiqatdir. Olloh yulida kimnidir sevish bu ayb emas balki savobdir. Hayotda yorga bulgan sevgini utkinchi deb atab faqat Ollohni sevaman deyish hato buladi. Bir bandadan surashgan ekan hayotingda kimni sevding, kimga mehr berding deb? u esa yuq man faqat Ollohni sevdim va hech kimni sevmadim debdi. Shunda unga ey nodon banda sen hech bir insonga mehr bermabsan, hech kimni sevmabsan qanday qilib Ollohni sevasan deyishgan ekan. Inson Ollohning bandasini sevsa bu sevgisi kamayib qoladi degani emas. Sevishni bilish kerak, inson seva olishi kerak bandani ham Ollohni ham. Olloh uz bandasini nurdan yaralgan Farishtasidan ham alo kurgan ekan shunday ekan insonga bulgan sevgini utkinchi deyish Olloh yaratgan eng muqaddas mavjudotni nazar pisand qilmaslik buladi. Insonni Shayton ham inkor qilgan uz vaqtiga va shuning uchun jazolangan. Ollohning hislatlarini bandalarida kursa buladi yani guzallik, aqllilik, mehrlilik, qahr, gazab,kechirimlilik va hakozo bu barsa hislatlar Ollohga tegishli va insonlarda ham mavjud bulgan hislatlar. Ushani uchun ham Olloh yulida sevish deyiladi yorga bulgan muhabbatni. Ota-onaga, aka-ukaga, farzandga va yorga bulgan sevgila bor va mana shularni utkinchi deb atasangiz manimcha eng katta hato. Siz qolgan sevgilar utkinchi.... debsiz demak ota-onayizni, farzandlarizni, turmush urtogizni vaqtinchalik yaxshi kurar ekansizda? keyinchalik hammasini unutib yuborasiz? ularga bulgan sevgingiz haqiqiy emas shunaqami? bu utaketgan hudbinlik emasmi? Bu Ollohga ham manzur bulmaydi deb uylayman. Bu gaplarim uchun meni kechirasiz Men bitta narsaani bor ovozda yoki hammani oldida ham aytolaman Men uni sevaman men uni sevaamaan! Balki bu gunohdur mayli unda men gunohkor bo‘lay!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ota-onamiz ayolimiz va farzandlarimiz bizning mahramimiz hisoblanadi. Siz aytgandek uylanmagan nomahram kishimiz emas. Bilinki shariat oyat, hadis va fuqaholarning ijmolaridan olinadi. Mabodo kimnidir kimgadir muhabbati tushib qolsa shariat qaytargan ishlarni qilishgacha bormasligi kerak. Yoki tezroq nikohiga olsin, buni iloji bo‘lmasa uni tark qilsin. Allohning yo‘lida sevish bilan sizdek nafsoniy sevish boshqa boshqa narsalar. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 274 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ota-onamiz ayolimiz va farzandlarimiz bizning mahramimiz hisoblanadi. Siz aytgandek uylanmagan nomahram kishimiz emas. Bilinki shariat oyat, hadis va fuqaholarning ijmolaridan olinadi. Mabodo kimnidir kimgadir muhabbati tushib qolsa shariat qaytargan ishlarni qilishgacha bormasligi kerak. Yoki tezroq nikohiga olsin, buni iloji bo‘lmasa uni tark qilsin. Allohning yo‘lida sevish bilan sizdek nafsoniy sevish boshqa boshqa narsalar. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 274 | Islam