Tarjimasi nima
Assalomu alaykum! Isro surasini birinchi va ikkinchi oyatlarini tarjima qilib beringlar iltimos?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! سُبْحَانَ الَّذِي أَسْرَى بِعَبْدِهِ لَيْلاً مِّنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ إِلَى الْمَسْجِدِ الأَقْصَى الَّذِي بَارَكْنَا حَوْلَهُ لِنُرِيَهُ مِنْ آيَاتِنَا إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ البَصِيرُ 1. O‘z bandasini kechasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga mo‘’jizalarimizni ko‘rsatish uchun sayr qildirgan Zot pokdir. Albatta, U o‘ta eshituvchidir, ko‘rib turuvchidir. Oyati karimada Alloh taolo O‘zini O‘zi poklab yod qilmoqda va bandasi Muhammad sollallohu alayhi vasallamni isro qildirgani, ya’ni kechaning bir qismida sayr qildirgani haqida xabar bermoqda. Oyatdagi «O‘z bandasi»dan murod Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar. Muhammad sollallohu alayhi vasallam doimo Allohning bandasi ekanliklari bilan faxrlanib yurar edilar. Ushbu oyatda u zotning ismlari aytilmay, «O‘z bandasi» iborasining ishlatilishi ham Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam uchun faxr hamda eng og‘ir paytda u kishi uchun tasallidir. Qur’oni Karimda «Masjidul Harom» iborasi uch narsaga ishlatiladi. Birinchisi – Ka’bai Muazzama atrofidagi masjid. Ikkinchisi – Makkai Mukarrama shahri. Uchinchisi – Makkai Mukarrama atrofida haram uchun belgilangan chegara; kofirlar kirishlari mumkin bo‘lmagan, ov ovlanmaydigan, o‘simliklari kesilishi yoki yulinishi joiz bo‘lmagan, ko‘pgina ma’lum ishlar harom etilgan mintaqaga nisbatan ham ishlatiladi. Ushbu oyati karimadagi «Masjidul Harom» iborasi Makkai Mukarrama shahri ma’nosida kelgan. Isro kechasida Payg‘ambarimiz Ka’bai Muazzama atrofidagi masjidda emas, shaharning bir tarafida joylashgan amakilarining qizi Ummu Honi’ning uyida uxlab yotgan edilar. «Masjidul Aqso»dan murod Shomi Sharifdagi Baytul Maqdisdir. «Aqso» so‘zi «uzoq», «chet» ma’nolarini bildiradi. «Masjid» esa «ibodatxona», «sajdagoh» degan ma’nolarni anglatishi hammaga ma’lum. O‘sha paytda Baytul Maqdis Makkai Mukarramaga nisbatan uzoq va eng chetdagi ibodatxona hisoblanar edi. Shuning uchun ham Alloh uni «Masjidul Aqso» deb nomladi. Alloh taolo Masjidul Aqsoning atrofini barakali qilib qo‘yganini ham aytmoqda. «O‘z bandasini kechasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga...» Chunki Baytul Maqdis haqiqatan ham Alloh tomonidan barakotli qilib qo‘yilgan bir joydir. Qadimdan bu er payg‘ambarlar maskani, ibodatgohi bo‘lgan. Muso alayhissalom, Iyso alayhissalom va ularning oralaridagi payg‘ambarlar ham shu erda o‘tishgan. Ularga Allohning vahiysi shu erda tushgan. Shuning o‘zi ham har qanday barakotdan ustun. Shu bilan birga, Alloh taolo bu joyni moddiy tomondan ham barakotli qilib qo‘ygan. Ob-havosi, zilol suvlari, serunum tuproqlari ila bu joyni serhosil qilib qo‘ygan. «...mo‘’jizalarimizni ko‘rsatish uchun...» Isrodan, ya’ni Nabiy sollallohu alayhi vasallamni kechasi Masjidul Haromdan Masjidul Aqsoga sayr qildirishdan murod u zotga mo‘’jizalarni ko‘rsatish ekan. Darhaqiqat, bu hodisa asnosida, xususan, Me’rojda Alloh taolo O‘z bandasi va Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ko‘pdan-ko‘p mo‘’jizalarni ko‘rsatdi. Bu haqda «Najm» surasida: «Batahqiq, Robbining ulkan oyatlaridan ko‘rdi», – deyiladi. «Albatta, U o‘ta eshituvchidir, ko‘rib turuvchidir». Albatta, U eshituvchi va ko‘ruvchi Zotdir. Alloh taolo kim nima deganini eshitib, kim nima qilganini ko‘rib turuvchi Zotdir. Ushbu oyati karimada kelgan ma’lumotlar munosabati ila ikki narsa – Isro va Me’roj nima ekanini ham to‘la tushunib olmog‘imiz lozim. «Isro» so‘zi avval aytilganidek, lug‘atda «kechaning bir qismida sayr qilish, yurish»ni anglatadi. Shariatda esa Alloh taoloning kechalardan birida Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamni Masjidul Haromdan Masjidul Aqsoga sayr qildirishiga aytiladi. Yana shuni ham ta’kidlab aytish lozimki, Isro hodisasi tush emas, ruhiy safar ham emas, balki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ham jasadlari, ham ruhlari ila qilgan safarlaridir. Agar tush yoki ruhiy safar bo‘ladigan bo‘lsa, bu voqeaning mo‘’jizaligi qolmas edi. Oyati karimada «bandasini» deb ta’kidlanishi ham Isro hodisasi ham jasad, ham ruh bilan bo‘lganini ko‘rsatadi. Agar faqat ruh bilan bo‘lganida, «bandasining ruhini» degan bo‘lar edi. «Me’roj» lug‘atda «yuqoriga ko‘tarilish» degan ma’noni anglatadi. Shariatda esa Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Baytul Maqdisdan Sidratul Muntahoga – Allohning huzuriga ko‘tarilishlariga aytiladi. Muhaddislar rivoyat qilishlaricha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam Xufton namozidan so‘ng Ummu Honi’ binti Abu Tolibning uyida uxlab yotganlarida, Isro hodisasi boshlandi. O‘sha kechasi Baytul Maqdisga Buroq nomli hayvonga minib bordilar. So‘ngra u erdagi katta xarsang tosh ustida turganlarida Me’rojga ko‘tarildilar. Hozirda o‘sha tosh ustiga qubba – gumbaz qurilgan, dumaloq bino shaklidagi suratlari butun dunyoga tarqatilgan. Ko‘pchilik bilmasdan, uni Masjidul Aqso deb tushunadilar. Me’rojda Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Jabroil alayhissalom ham birga bo‘ldilar. Har osmonga etganda u kishi eshikni ochishlarini so‘rar edilar. Qo‘riqchi farishtalar: – Kim? – deb so‘rashardi. U kishi: – Jabroil, – deb javob berardilar. Ular: – Yoningdagi kim? – deb so‘rashardi. Jabroil alayhissalom: – Muhammad, – desalar, Ular: – Shundaymi? U Payg‘ambar etib yuborildimi? – deya, eshikni ochib so‘rashishardi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam har osmonda bir Payg‘ambar va ko‘plab farishtalar ila ko‘rishdilar. Shuningdek, jannat va jahannamning holini ko‘rdilar. Sidratul Muntahoga o‘tib, Allohning malakut olamida ko‘pgina ajoyibotlarni ko‘rdilar. O‘shanda besh vaqt namoz farz qilindi. So‘ngra ortga qaytdilar. Bo‘lgan voqeani boricha ul zotning o‘zlari Ummu Honi’ga aytib berdilar: «Payg‘ambarlar to‘plandilar, ularga namoz o‘qib berdim», – dedilar. So‘ngra masjidga chiqmoqchi bo‘lib, o‘rinlaridan turdilar. Ummu Honi’ u kishining kiyimlariga yopishib oldi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam: – Senga nima bo‘ldi? – dedilar. Ummu Honi’: – Agar bu xabarni aytsang, qavming seni yolg‘onchiga chiqarishidan qo‘rqaman, – dedi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: – Yolg‘onchiga chiqarsa ham mayli – dedilar. Chiqib borib, Abu Jahlning oldiga o‘tirdilar va Isroning xabarini unga etkazdilar. Shunda Abu Jahl: – Ey Banu Ka’b ibn Luay jamoasi, kelinglar! – deb baqirdi. So‘ngra ularga bo‘lgan gapni aytib berdi. Ular hayron bo‘lib, taajjubga tushdilar. Biri qarsak chalsa, boshqasi boshini ushlab, hayronligini bildirdi. Iymon keltirganlardan ba’zilari dindan qaytib, murtad bo‘ldi. Bir guruh odamlar hazrati Abu Bakr roziyallohu anhuning oldilariga yugurib borishdi. U kishi xabarni eshitgandan so‘ng: – Ul zot shu gaplarni aytdilarmi? – deb so‘radilar. Ular: – Ha, – dedilar. U kishi: – Agar ul zot aytgan bo‘lsalar, to‘g‘ri aytibdilar, men bunga shohidlik beraman, – dedi. Ular: – Shomga bir kechada borib, yana tong otmay turib, Makkaga qaytib kelishiga ishonasanmi?! – deyishdi. Abu Bakr: – Men u kishining bundan g‘aribroq narsasini ham tasdiqlayman. Osmondan xabar aytishini ham tasdiqlayman, – dedi. Shundan so‘ng Abu Bakrni «Siddiq» – O‘ta tasdiqlovchi deb atay boshladilar. Odamlarning ichida Baytul Maqdisga borganlari bor edi. Ular Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan o‘sha erdagi masjid, ya’ni ibodatxonani sifatlab berishlarini talab qildilar. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga masjid ko‘rsatildi. U kishi sollallohu alayhi vasallam ularga masjidni – ibodatxonani vasf qila boshladilar. Ular: «Ammo vasfini to‘g‘ri qildi, – dedilar-da, so‘ngra: – Sen bizning karvonimizdan xabar ber», – deyishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularning karvonidagi tuyalar soni, ahvoli haqida to‘liq xabar berib, nihoyasida: «Karvon falon kuni quyosh chiqish paytida etib keladi. Oldinda kulrang tuya bo‘ladi», – dedilar. O‘sha kuni hammalari shahar chetiga chiqib, karvon kelishini kuta boshladilar. Ulardan biri: – Mana quyosh ham chiqdi, – dedi. Boshqasi esa: – Mana, Allohga qasamki, karvon ham ko‘rindi. Oldinda, Muhammad aytganidek, kulrang tuya kelmoqda, – dedi. Ammo, shunday bo‘lsa ham, iymon keltirganlari yo‘q. Isro hodisasi buyuk mo‘’jiza edi. Buni bilgan odamlar iymon keltirmoqlari lozim edi. Ammo iymon keltirmadilar. Qadimda, Banu Isroil ham shunday qilgan edi. Ularga Alloh tomonidan Muso alayhissalom Payg‘ambar bo‘lib kelganlarida, u kishining ruhiy markazi Baytul Maqdis edi. U kishini ham Alloh taolo miyqotga chaqirib, o‘zi bilan alohida gaplashib, muhim narsalarni tayinlagan edi. Ammo Banu Isroil bunga ishonmadi. Qurayshliklar ham xuddi shunday qilmoqdalar. Lekin ular Banu Isroildan o‘rnak olishlari, oqibat nima bo‘lishini o‘ylab ko‘rishlari lozim edi. Mana, bo‘lib o‘tgan gaplarni bir eshitib qo‘ysinlar: وَآتَيْنَا مُوسَى الْكِتَابَ وَجَعَلْنَاهُ هُدًى لِّبَنِي إِسْرَائِيلَ أَلاَّ تَتَّخِذُواْ مِن دُونِي وَكِيلاً 2. Va Musoga kitobni berdik va uni: «Mendan o‘zgani vakil tutmanglar!» – deya Banu Isroilga hidoyat qilib berdik. Ya’ni «Biz Muso alayhissalomga Tavrot kitobini berdik. Hamda o‘sha Tavrot kitobini Banu Isroil uchun hidoyat qilib qo‘ydik. Unga ergashsalar, hidoyatga erishishlari turgan gap edi. Shu bilan birga, Biz Banu Isroilga: «Mendan o‘zgani vakil tutmanglar!» Ya’ni Allohdan o‘zgaga suyanmanglar. Undan boshqaga yuzlanmanglar. Ana shundagina hidoyat topasizlar», – dedik. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 166 | Qur’oni karim