Yomon kalima

Assalomu alaykum! Qaerdandir eshitgandim, adashmasam hadisi qudusiydan. Kimnidir 1ta  yomon kalimasi  Allohga yoqmasa 70 yilga do‘zaxga kirar ekan. Yana bilmadim. Aniklik xosil kilmokchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz keltirgandek hadisni bilmaymiz. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ الْعَبْدَ لَيَتَكَلَّمُ بِالْكَلِمَةِ مِنْ رِضْوَانِ اللهِ لَا يُلْقِي لَهَا بَالًا، يَرْفَعُ اللهُ بِهَا دَرَجَاتٍ، وَإِنَّ الْعَبْدَ لَيَتَكَلَّمُ بِالْكَلِمَةِ مِنْ سَخَطِ اللهِ لَا يُلْقِي لَهَا بَالًا يَهْوِي بِهَا فِي جَهَنَّمَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Banda Alloh rozi bo‘ladigan gapni arzimas sanab gapiradi da, shu sababli Alloh uni darajalarga ko‘taradi. Banda Alloh norozi bo‘ladigan gapni arzimas sanab gapiradi da, shu sababli jahannamga qulaydi». عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، سَمِعَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: إِنَّ الْعَبْدَ لَيَتَكَلَّمُ بِالْكَلِمَةِ مَا يَتَبَيَّنُ فِيهَا، يَزِلُّ بِهَا فِي النَّارِ أَبْعَدَ مِمَّا بَيْنَ الْمَشْرِقِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deyayotganlarini eshitganman: «Banda bir gapni aniqlamay gapirib qo‘yadi da, shu sababli do‘zaxning mashriq (va mag‘rib) oralig‘idan ham uzoqroq joyiga toyilib, qulaydi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:11 | Savol-javoblar | 174 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar