Bekorchilar qatoriga kirmaydimi?
Assalomu alaykum! Alloh bandasidan yuz o‘girsa uni bekorchi va foydasiz ishlar bilan mashg‘ul qilib qo‘yadi degan ma’nodagi hadisni bilamiz. Savolim agar insonning ishlari yurishmayotgan bo‘lsa yoki biri ikki bo‘lmayotgan bo‘lsa ana shu hadisdagi insonlar sirasiga kiradimi? Undan Alloh yuz o‘girgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Banda Allohdan yuz o‘giradi. Shunga yarasha "mukofot"ini oladi. Allohga yuzlanib astoydil ibodat va zikrga mashg‘ul bo‘lsa va iste’dodiga loyiq bir ishni topib shariatga muvofiq harakat qilsa Alloh albatta barakotini beradi. Amallar uch turga bo‘linadi. Birinchisi savob bo‘ladigan amallar. Ikkinchisi gunoh bo‘ladigan amallar. Uchinchisi savob ham gunoh ham bo‘lmaydigan amallar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida shu uchinchi amalni “Laa ya’nii” deb nomlaganlar. Aslida bunday amallar ham ikkinchi amallar turiga kiradi. Chunki inson oxirati uchun foyda oladigan vaqtini na dunyoviy va na uxroviy narsaga sarflagan bo‘ladi. go‘yoki inson ehtiyojigan ortiqcha pulini havoga sovurgan bo‘ladi. Bizning davrimizdagi “solihman” degan insonlarimizni amallari ham shu uchinchidan nariga o‘tmay qoldi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 09:30 | Savol-javoblar | 191 | Hadislar